Xamr va uning haromligiga oid savolga javob

0
601

 

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Fahmi Barkousning xamr va uning haromligiga oid savoliga javob

Savol:

«Narsalardagi asl – modomiki haromligi haqida dalil kelmasa – mubohlikdir». Mol esa narsadir va uning haqida haromlik kelmagan. Demak u o’z aslida, ya’ni mubohligida qolaveradi. Masalan «falonchi molni o’g’irlasa» o’g’irlash ishi haqidagi hukm haromlikdir, o’sha falonchi gunoh qilgan va o’g’irlik oqibatida beriladigan uqubat-jazoga loyiq bo’lib qoladi. Ammo mol o’zining aslida qolaveradi va egasiga qaytariladi. Bu o’g’irlangan narsaning hukmidir. O’g’irlangan mol ko’chma mol bo’ladimi yoki ko’chmasmi bundan qat’iy nazar uning hukmi mana shu. Demak mol – unga aloqador fe’l-ishdan qat’iy nazar, modomiki xoslash dalili kelmasa – o’zining umumiyligida mubohligicha qolaveradi. Shuning uchun kimki shu moldan iborat sovg’a yoki hadya yoki nafaqa olsa unga hech qanday haraj bo’lmaydi. Zero «haromlik ikkita zimmaga taalluqli bo’lmaydi». Alloh biluvchiroqdir…

«حُرِّمَتِ الْخَمْرُ بِعَيْنِهَا»

«Xamr aynan o’zi harom qilindi». Xamr (mast qiluvchi ichimlik)ning aynan o’zi uning aslidir. Ya’ni xamr aslida xamr bo’lgani uchun harom qilindi. Xamrga taalluqli hukmlarga «uning sotuvchisi ham, ichuvchisi ham…» kirdi. Lekin haromlik qanday qilib xamr va uni sotishdagi ko’char va ko’chmas molga taalluqli bo’ldi?!! Xamr va uning haromligi molning harom bo’lishi illatimi? Agar shunday bo’lsa, u holda qiyoslash jihatidan qadah va unga o’xshash narsalarni xamr uchun ishlatilganidan keyin yoki xamr ortilgan yuk mashinasini – bu ikkisi aynan o’sha illatda ishtirok etgani uchun – joiz bo’lmay qoladi-ku!! Iltimos shuni izohlab va yoritib bersangiz. Alloh sizga barakot ato etsin.

Javob: To’g’ri, narsalardagi asl – modomiki haromligiga dalil kelmasa – mubohlikdir… Sizning xamr illati, uning haromligi, uni tashiladigan yuk mashinasi, u quyilgan qadah haqidagi savolingizga kelsak, bu mavzu quyidagichadir:

Abu Dovud Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A bunday dedilar:

«مَا أَسْكَرَ كَثِيرُهُ، فَقَلِيلُهُ حَرَامٌ»

«Ko’pi mast qiladigan narsaning ozi ham haromdir».

Bu hadisdan illatning mavjud emasligi aniq tushunilib turibdi. Chunki mast qilishlik illat emas. Shu dalil bilanki, agar xamrdan ozginasi ichilib, ichgan kimsa mast bo’lmasa ham haromlik baribir voqe bo’laveradi va unga ko’ra jazo beriladi. Chunki hadis ozginasini ham – agar ko’pi mast qilsa – harom qilyapti. Demak undan ozginasini ichish ham harom.

Shuningdek Hokim o’zining Mustadrakida Abdulloh ibn Umardan, u otasidan rivoyat qilgan ushbu hadisda aytilgan o’nta sinfda biron illat kelmagan: Rosululloh A dedilar:

«لَعَنَ اللَّهُ الْخَمْرَ، وَلَعَنَ سَاقِيهَا، وَشَارِبَهَا، وَعَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَبَايِعِهَا وَمُبْتَاعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا»

«Alloh xamrni la’natladi, uni soqiysini (quyib beruvchini), ichuvchisini, siquvchisini, siqib chiqartirganni, uni ko’tarib tashuvchini, ko’tarib olib borib berilgan kimsani, sotuvchisini, sotib olganni va uning pulini eyuvchini la’natladi». Bu hadisda illatlash yo’qligi aniq ko’rinib turibdi. Shuning uchun unga boshqasini qiyoslanmaydi.

Shunga ko’ra demak har bir mast qiluvchi ichimlik xamrdir, uning ozi ham, ko’pi ham, bab-barobar harom. Zero o’nta sinf hech bir illatsiz harom qilindi. Lekin bu hukm mukallafga tatbiq etiladi. Masalan yuk mashinasining haydovchisiga tatbiq etiladi, tashiladigan yuk mashinasiga yoki xamr quyilgan qadahga tatbiq etilmaydi. Chunki xamrga taalluqli hukm yuk mashinasiga yoki qadahga taalluqli hukm emas… Tabaroniy Kabirda Abu Sa’laba Xushaniydan shunday deganini rivoyat qildi: men Rosululloh A huzuriga kelib: yo Rosululloh, … men ahli kitob erida yashayman, ular o’zlarining idishlarida to’ng’iz go’shtini eyishadi, ularda xamr ichishadi. O’sha idishlarda eb, ichsam bo’ladimi…? – dedim. So’ngra Nabiy A bunday deb javob berdilar:

«…وَإِنْ وَجَدْتَ عَنْ آنِيَةِ الْكُفَّارِ غِنًى فَلَا تَأْكُلْ فِيهَا، وَإِنْ لَم تَجِدْ غِنًى فَارْحَضْهَا بِالْمَاءِ رَحْضًا شَدِيدًا ثُمَّ كُلْ فِيهَا»

«… Agar kofirlarning o’sha idishlaridan behojat qiladigan narsani topsang o’sha idishlarda ema, agar behojat qiladigan narsani topmasang ularni suv bilan zo’r berib qattiq yuvib tashla, ana shundan keyin ularda eyaver». Ya’ni agar o’sha idishlarga muhtoj bo’lsang va ulardan boshqasini topmasang ularni yaxshilab yuvib tashla.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Izohlar yo'q