Qodirovchilar chechen qizlarni o’g’irlab.., o’ldirishmoqda

779
0

images (2)

Chechenstonda chechen qizlarini o’g’irlab ketilayotgani haqida xavotirli xabarlar tarqalmoqda. Mahalliy aholining guvohlik berishicha, qiz o’g’rilari barchaning ko’z o’ngida hech kimdan taptortmay bu ishga qo’l urishmoqda. Qizlar kuppa-kunduzi ayni govjum odamlarning o’rtasidan olib qochilmoqda. Agar bezorilarga kim qarshilik qilmoqchi bo’lsa – o’g’irlanayotgan qizning aka-ukasi yoki otasi bo’lsin, kim bo’lishidan qat’iy nazar – uning uchun o’lim yoki bir umr nogiron bo’lib qolish xavfi bor. Odam o’g’rilarining bunday bezbetlarcha noqonuniy ishlarga qo’l urishining sababi ularning hammasi, u yoki bu shaklda, Chechenston prezidenti Ramzan Qodirov guruhiga aloqadorligidir. Bu jinoyatchilar orasida davlat mansabdorlarining o’g’illari ham borligi aytilmoqda.

O’g’irlangan qizlarning oqibatlari kishi qalbini larzaga soladi. Qodirovchilar uchun hayvoniy hirslarini qondirishning o’zi etarli emas. Ular o’g’irlangan qizlardan o’z istagini qondirgach, ularni vahshiylarcha o’ldirib, “begona erkaklar bilan yurganligi uchun aka-ukalari tarafidan o’ldirildi”, degan mish-mishlarni tarqatishadi.

Shunday holatlar uchraydiki, Qodirov guruhining a’zolari yoki davlat mansabdorlari ko’zlariga yoqib qolgan qizlarni xotinlikka berishni oila a’zolaridan talab qilishadi. Agar ular qizlarini “rozi bo’lib” berishmasa o’g’irlab ketish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishadi. Bu borada hech kimdan qo’rqmaydi ham, uyalmaydi ham.

17-18 yoshdagi yosh qizlarga qodirovning yoshi o’tib qolgan mansabdorlari “o’z roziligi” bilan uylanganlaridan so’ng 6 oy yoki 1 yil kayfini surib, keyin ularni haydab yuborishlari keng tus olgan.

Mahalliy aholiga ko’ra, Qodirovchilarning barcha noqonuniy ishlari, qizlarni o’g’irlab ketishi va ularning nomusiga tajovuz qilib so’ng vahshiylarcha o’ldirishlari Moskvaning ularga ko’rsatgan dastagi va daxlsizligi ostida amalga oshmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.