Тarkibida spirt bo’lgan atirlarga oid savoliga javob

0
996

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Firas Khbouning tarkibida spirt bo’lgan atirlarga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum

Tarkibida spirtning ayrim turlari mavjud bo’lgan atirlarni ishlatishning hukmi haqida tushuntirib berishingizni hohlardim.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…

Tarkibida spirt bo’lgan atirlarga nisbatan aytadigan bo’lsak, bunday atirlarga xamrning hukmi mos keladi. Muslim Ibn Umardan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A dedilar:

«كُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ، وَكُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ»

«Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir».

Abu Dovud Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A dedilar:

«مَا أَسْكَرَ كَثِيرُهُ، فَقَلِيلُهُ حَرَامٌ»

«Ko’pi mast qilgan narsaning ozi ham harom».

Rosululloh A xamr deb atalgan suyuqlikning nimaligini bayon qilib berdilar. Xoh ozi bo’lsin, xoh ko’pi, har bir mast qiluvchi narsa xamrdir. Bu o’rinda atir, odekolon va shunga o’xshash narsalarni oz yoki ko’p ichilsa mast qiladimi yoki mast qilmaydimi buni aniqlash lozim. Agar mast qilsa u ham xamr hisoblanadi va unga xamrning hadisda kelgan hukmlari mos keladi. Hokim Mustadrakda Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umardan, u otasidan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A dedilar:

«لَعَنَ اللَّهُ الْخَمْرَ، وَلَعَنَ سَاقِيهَا، وَشَارِبَهَا، وَعَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَبَايِعِهَا وَمُبْتَاعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا»

«Alloh xamrni la’natladi, uni quyib berganni, ichganni, siqib chiqarganni, siqib chiqartirganni, ko’targanni, ko’tarib unga olib borilganni, sotganni, sotib olganni, pulini eganni la’natladi».

Suyuqliklarga aralashgan spirt moddasining ta’siri haqida mutaxassislarning aytishicha bu suyuqlik ichilsa mast qiladi. Rosululloh A:

«كُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ، وَكُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ»

«Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir» deganlari uchun tarkibida spirt mavjud bo’lgan atirlarga xamrning hukmlari mos keladi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Izohlar yo'q