Matbuot bayonoti Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga: Islom Ummati bilan xalqaro aloqalar yaqin kelajakda juda o’zgaradi!!!

464
0

01

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Nikolay Bordyuja Moskvada afg’on muxbirlariga Afg’oniston va Amerika o’rtasidagi ikki tomonlama shartnoma mavzusida intervyu berib: «KXShT Afg’onistonning Amerika bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasiga imzo chekishi masalasida unga aslo bosim qilmaydi», dedi. Shuningdek u yurtdagi beqarorlik va qurolli guruhlar faoliyati kuchayganidan xavotirini bildirib, o’zlari terrorchi tashkilotlar ro’yxatini tuzishganini va Rossiya KXShT a’zolariga bu tashkilotlarga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini e’lon qildi. U mazkur ro’yxatdagi al-Qoida, Turkiston islomiy harakati va Hizb ut-Tahrir kabi ayrim harakatlarning nomini ham e’lon qildi. Shuningdek u KXShTga a’zo davlatlar mintaqalarida faoliyat olib borayotgan bunday harakatlarning eng xatarlisi Hizb ut-Tahrir deb ta’kidladi («Pajhwok» axborot agentligi).

Bu kofirning bayonotini tanqid qilib, hamda kofirlarning mintaqada Islom Ummatiga qarshi fitnalarini fosh qilish uchun Hizb ut-Tahrir – Afg’oniston viloyati matbuot bo’limi quyidagi nuqtalarga e’tiborni qaratadi:

1 – Terrorizm termini Islom va musulmonlarning dushmanlari tomonidan musulmonlarni qirg’in qilish uchun, buyuk Islom dinimizga, Islom Ummatini birlashtirish va musulmonlarning yagona Xalifalik davlatini qayta tiklash uchun faoliyat olib borayotgan islomiy harakatlarga qarshi kurashish o’ylab topilgan. Biroq Ummat ayni paytda eng xatarli haqiqiy terroristlar Amerika, Rossiya, NATOga a’zo davlatlar va boshqa salibchilar ekanini to’liq idrok qilyapti.

2 – Barcha kofirlar va salibchilar birgalikda Ummatning yagona davlatda birlashishining oldini olish uchun Islom Ummatiga qarshi uyushmoqda. Bir necha yil oldin ular Chechenistonga birgalikda qarshi turishgan edi. Bugun esa Suriyadagi islomiy qo’zg’olonga qarshi birlashishmoqda. Amerika, Rossiya, Yevropa ittifoqi, Xitoy, Eron va boshqalarning barchasi bir-biriga o’xshash pozitsiyani egallashgan. Ularning barchasi qodir bo’lganicha begunoh musulmonlarni qirg’in qilishi uchun Bashar Asadni qo’llab-quvvatlamoqda.

3 – Barchaga ma’lumki, Hizb ut-Tahrir boshqa qurolli islomiy jamoalardan farqli o’laroq payg’ambarimiz Muhammad A tariqatiga muvofiq harakat qiladi. Hizb ut-Tahrir dunyoning barcha tomonlarida siyosiy va fikriy kurash orqali da’vatni – hech qanday moddiy ish bilan shug’ullanmagan holda va hech qanday qurolli harakatsiz – yoyadi.

4 – Amerika va NATOga qarshi kurash uchun tuzilgan Rossiya etakchiligidagi KXShT Versal kelishuvining siyosatini davom ettirmoqda. Bu siyosat AQSh va NATOni Afg’onistonda terrorizm hamda narkotrafikka qarshi kurash bilan band qilib qo’yishdan iborat. Bu esa Rossiyaga o’zining harbiy, iqtisodiy, strategik va siyosiy loyihalarini kuchaytirib olishiga imkoniyat beradi.

5 – KXShTning Hizb ut-Tahrirni harbiy harakatlar ro’yxatiga kiritishi Hizbning voqesi va uning faoliyatiga tamoman ziddir. Chunki Hizb ut-Tahrir harbiy harakat emas. Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, uning mabdai Islom, g’oyasi fikriy va siyosiy kurash orqali Islomiy Xalifalikni tiklab islomiy hayotni qayta boshlashdir. Bu davlat kelajakda haq risolatni butun dunyoga yoyadi.

6 – Ularning o’zlariga nisbatan eng xatarli harakat Hizb ut-Tahrir degan gaplari mutlaqo to’g’ri. Chunki Hizb ut-Tahrir Islom Ummati bilan uyg’un eng kuchli siyosiy va fikriy etakchi sifatida maydonga chiqdi. Alloh Subhanahu va Taolo bu Hizbning fikrlarini Ummat orasida yoyish orqali uni barakotli qildi. Hizb musulmonlarni birlik va yuksaklik sari etaklash uchun ularning qo’llab-quvvatlovini qo’lga kiritmoqda. Alloh Subhanahu va Taolo Islom Ummatini Islomiy Xalifalik tiklanishi bilan mukarram qilgan paytda Islom Ummatiga nisbatan xalqaro aloqalar muvozanati tamoman o’zgaradi. O’sha paytda na Xavfsizlik Kengashi, na NATO, na KXShT muxlis musulmonlarni turli ayblar bilan ayblashga, uzoq yillarga qamashga va ularga azob berishga aslo imkon topa olmaydi. O’sha paytda kofirlar Islom Ummatiga qarshi aslo urush e’lon qila olmaydi. Buning aksi o’laroq Islom Ummati barcha tog’utlarga qarshi jihod e’lon qilib, butun dunyoga Islom da’vatini yoyadi.

«(Bu) Allohning va’dasidir. Alloh O’z va’dasiga xilof qilmas. Lekin ko’p odamlar bilmaslar» [Rum 6]

Hizb ut-Tahrir – Afg’oniston viloyati matbuot bo’limi

E-Mail: hizbuttahrir.af@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.