Bursada ikki konferentsiya

432
0

385594_273615036093915_1072578181_n

Turkiyaning Bursa shahrida Hizbut Tahrir yigit qizlari alohida ikki konferentsiya o’tkazishdi. Ayollar tomonidan tashkil qilingan “Hijrat Islom davlatiga o’tishdir”, nomli konferentsiyada Rosululloh s.a.v.ning Makkadan madinaga hijrat qilishlari va uning siyosiy jihatlari yoritildi.

Qur’on tilovatidan so’ng so’zga chiqqan Zohida Chetinbudak nima uchun musulmonlarning taqvimi hijrat kunidan boshlangiga e’tibor qaratdi.

Zohida hijriy sananing Sahobalar tarafidan belgilanish tarixi haqida so’z yuritar ekan, “Hijrat deganda Rosululloh s.a.v.ning Makkadan Madinaga hijrat qilganliklari tilga olinadi. Ammo bu hodisaning musulmonlar uchun siyosiy tarafi e’tibordan chetda qoldiriladi. Hijrat Islom tarixida shu qadar muhimki, u kunda musulmonlarning hayoti tamoman o’zgardi”, deya ta’kidladi.

Hijratning siyosiy jihatlari haqida so’z yuritgan Zohida Chetinbudak Rosululloh s.a.v.ning Hijratdan so’ng qilgan ishlariga e’tibor qaratdi.

“Hijrat Islomiy bir davlatni tiklash uchun Makkadan Madinaga yo’l olishdir. Hijratni shunchaki, bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tish, deb talqin qilish mumkin emas, aksincha u Allohning so’zini oliy qilish uchun amalga oshirilgan muhim qadamdir. Chunki yaratish ham, boshqarish ham Alloh Taologa xosdir. Rosululloh s.a.v.ning Madinadagi hayotlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, U Zot hijrat kunidan boshlab Islomni to’lig’icha tatbiq qilganliklarini ko’ramiz. Boshqaruvda, iqtisodda, xalqaro aloqalarda, erkak ayol masalalari, ya’ni ijtimoiy masalalarda, jazo choralarida, ta’lim tarbiya tizimida faqat Allohning hukmini tatbiq qildi” deya qayd etdi Zohida.

Ikkinchi tarafdan Hizb yigitlari ayni shaharda tashkil qilgan “Siyosat va siyosiy harakatning lozimligi” nomli konferentsiya ko’pchilik ishtirokida bo’lib o’tdi.

So’zga chiqqan Ehson Erol eng avvalo siyosatning ta’rifi va Islomning siyosiy din ekanligini tilga olib o’tdi. So’ng Rosululloh s.a.v.ning Islomga da’vat qilish uslubi haqida alohida to’xtaldi.

Hozirgi kunda mavjud islomiy siyosiy partiyalar Islamga yot fikrlar bilan siyosat yuritayotganiga e’tibor qaratgan Erol, Islomiy fikr asosiga ko’ra haraka olib borayotgan siyosiy partiyaning qanday bo’lishi kerakligiga alohida urg’u berdi.

Konferentsiya oxirida odatdagidek, tinglovchilarning savollariga javob berildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.