Moskva Afg’onistondan chiqib olish uchun NATOga yordam beradi

401
0

 

Rossiyaning NATOdagi vakili Aleksandr Grushko Rossiya 2014 yil AQSh harbiylarining Afg’onistondan chiqishi uchun yordam berishini e’lon qildi.

“Biz hozirgi paytda hamkorlik loyihalarini ijro qilish imkoniyatlarini muhokama qilyapmiz. NATOning 2014 yil Afg’onistondan chiqishi uchun yordam berishga tayyormiz”, dedi u Interfaks axborot agentligiga bergan intervyusida.

Shuningdek, rus diplomati Rossiya va NATOning Afg’onistondagi hamkorligi davom etishi uchun xalqaro xavfsizlik majlisi bu xususda qaror qabul qilishi zarurligiga ishora qildi.

Hozirgi vaqtda ikki taraf – Rossiya va NATO – o’rtasidagi hamkorlik xalqaro xavfsizlik majlisining 1386 qaroriga tayanishini qo’shimcha qildi Grushko

Ayni paytda tolibonning rasmiy saytida e’lon qilingan bir maqolada aytilishicha, AQShning Afg’onistondagi yaroqsiz holga kelgan tanklari va vertalyot parchalari metal bahosida sotilmoqda. Tonnasi 200 dollar. Ular orasida millionlagan dollarlik tanklar ham bor.

Maqolada Zabul viloyatida yashovchi ikki kishining AQSh jihozlarini sotib olish uchun kelganliklari va ulardan biri sal avvalroq 90 tonna metal sotib olganligi haqida aytiladi.

AQShning M1 rusumli zirhli tanklarining bahosi 8 million dollar. Bu tanklarni Afg’onistonga keltirish ham anchaga tushgan. Ammo metal bahosiga, ya’ni tonnasi 200 dollardan hisoblaydigan bo’lsak, 70 tonnalik bu tank 14 ming dollarga sotilishga to’g’ri keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.