Jahon banki elektr energiya narhini oshirmaganligi sababli Qirg’izistonga grant ajratishdan bosh tortdi

0
429

25 noyabr kuni hukumat Jogorku Kenesh deputatlariga “Qirg’iziston Respublikasi byudjetini 2013 yil va 2014-2015 yillardagi holati haqidagi” qonun loyihasini ko’rib chiqish uchun taqdim qildi.

Bu qonun loyihisiga ilova qilingan tushintirish xatida, xalqaro donorlardan grant kelishi doirasida respublika byudjetiga Jahon bankidan grant kelishi kamayganligi, xabar qilingan.

Avvalroq 96,8 million som miqdoridagi “Rivojlanish siyosatni qo’llab-quvvatlash ” dasturi haqida aytilinayotgan edi, ammo, elektr narhini oshirish bo’yicha shartlarni bajarmaganligi sababli Jahon banki Qirg’izistonga mablag’ ajratishdan bosh tortdi.

Turkiston:

Jahon banki 1944 yilda AQShda bo’lib o’tgan Bretton-Vuds konferentsiyasida tashkil etilgan bo’lib, Xalqaro valyuta fondi kabi yirik moliyaviy tashkilotdir.

Bu tashkilot” uchunchi olam” davlatlariga kredit va grantlar ajratib, bu olingan grantlar evaziga qarzdor bo’lgan davlatlardan bir qator shartlarni bajarishlikni talab qiladi, agar mazkur davlatlar bu shartlarni bajarmasa ko’rsatiladigan yordam miqdorini kamaytirish yoki bekor qilish bilan tahdid qilib ularni o’z (AQSh) izmiga solishlikka harakat qiladi.

2001 yili o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, Jahon banki loyihalarini 60 foizi inqirozga yuz tutgan. Jahon banki qashshoqlikka qarshi kurashni o’z oldiga maqsad qilib olgan bo’lishiga qaramay uning yordam paketlarini olgan mamlakatlarda qashshoqlik kamayishi o’rniga, aksincha ortib borgan. Bundan farqli ravishda Jahon bankidan hech qanday yordam olmagan davlatlar bu sohada muvafaqqiyat qozonishgani, ko’rsatib o’tilingan.

Chunki, Jahon banki garchi kredit va grantlarni kam miqdordagi foiz evaziga berishiga qaramay, bu kreditni olgan mamlakatlardan elektr, kommunal xizmatlar va boshqa narsalarni narhini oshirishlikni talab qiladi va buni investorlik salohiyatini oshirishlik bilan oqlashga harakat qiladi. Ammo, shundoq ham qashshoq davlatda, iqtisodiy qiyinchiliklar girdobida yashayotgan xalq yanada qashshoqlashib boraveradi.

Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi kabi moliyaviy tashkilotlar “uchunchi olam” davlatlarini qarz botqog’iga botirib, iqtisodiy mustamlaka qilish uchun yirik davlatlar, xususan AQSh manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun tashkil etilgan. Shuning uchun ham bu tashkilotlar bilan aloqa qilishlik bilib turib o’zini halokatga tashlashlik bilan barobardir.

Izohlar yo'q