Oshda miting bo’lib o’tdi

0
489

22 noyabr kuni Osh shahrida “Ata Jurt” fraktsiyasidan parlamentdagi deputat Axmatbek Keldibekovning tarafdorlari tinch namoyish o’tkazishdi.

Namoyishda so’zga chiqqan sobiq deputat Qamchibek Tashievning aytishicha, hukumatning noqonuniy harakatlari xalq noroziligini kuchaytirmoqda.

“Biz bunga qadar ham xalqni qonunlarni xurmat qilishga chaqirib kelganmiz. Ammo, bugun hukumatning o’zi qonunni buzib Axmatbek Keldibekovni qamoqqa oldi. Agar u haqiqatdan aybdor bo’lsa u holda qonun doirasida so’roqqa chaqirishsin. U birovni o’ldirgani yo’qki, shunday yarim yo’ldan ushlab ketishsa. Agar hukumatni o’zi qonunga rioya qilmasa, unda xalqning o’zi qonunlarni isloh qilib, hukumatni olish vaqti keldi. Men sizlarni bugun va ertaga noqonuniy harakatlar qilmaslikka chaqiraman. Agar shundan so’ng ham hukumatning o’zi qonunga rioya qilmaslikni davom ettiradigan bo’lsa, biz ham shu yo’lga qadam qo’yamiz”, – dedi Tashiev. Bundan tashqari sobiq deputatni ta’kidlashiga ko’ra, hukumatning bunday xarakatlari butun Qirg’iziston xalqi noroziligini kuchaytirmoqda.

Oshda bo’lib o’tgan namoyishda etti bo’limdan iborat qaror qabul qilindi, bular:

  1.  “Qumtor” masalasini hal qilish. “Qumtor”ni davlat mulkiga aylantirish;
  2.  “Qirg’izgaz” tashkilotini horijiy kompaniyaga bepul bermaslik. “Qirg’izgaz”ni 1 dollarga sotmoqchi bo’lgan amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortish;
  3.  “Qumtor” va “Qirg’izgaz”ni sotilishiga qarshilik bildirgani uchun qamoqqa olingan deputat Axmatbek Keldibekovni ozod qilish;
  4. “Ata Jurt” partiyasidan parlametdagi sobiq deputatlar Qamchibek Tashiev, Sadir Japarov va Talant Mamitovlarga nisbatan oqlov hukmini chiqarish;
  5. Hukumat Saruu qishlog’i aholisini ta’qib qilishni to’xtatsin. Ularni taxqirlagan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari va bezorilar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak;
  6. Davlatni boshqara olmayotgan va mamlakatni shimol va janubga bo’layotgan prezident Almazbek Atambaev darhol istefoga ketsin;
  7. Agar bu talablar bajarilmasa, mamlakatni barcha hududlarida xalq hokimiyati o’rnatilishidan, iborat.

Bugun sud Axmatbek Keldibekovga nisbatan ikki oy muddatga qamoqda ushlab turish qarorini chiqardi.

Turkiston:

Albatta qirg’iz prizidenti ham oqibati nima bilan tugashi aniq bo’lmagan yo’nalishda, appozitsiyaga qarshi, Bahorni kutib o’tirmay kurash boshlab yubordi.

U Bahorda vaziyat jiddiylashishini yaxshi biladi. Negaki vaziyatlar muxolif kuchlarini vatanparvarligidan kelib chiqmayotganini, Atamboev o’zining hokimiyatni qo’lga kiritish tarixidan yaxshi biladi. U ham huddi xozirgi muxolifot singari, Bakievni Qirg’izlar mulkini talon taroj qilayotganlikda, xizmat o’rni suyiste’mol qilib davlat va xalq mulkini o’zlashtirishda, yana huddi shu qumtor masalasini ham ko’targan edi. Endi o’zi ham huddi Bakievning o’sha vaqtdagi xolatiga tushdi. Qizig’i u ham ularning faktlar bilan keltirayotgan dalillarini inkor qilib, huddi Bakiev singari sud va kuch strukturalarini, o’z manfaatlariga qarab bir tomonlama xarakatlantira boshladi. Vaxolangki Atambaevning hokimiyatdagi o’rni, o’sha paytdagi Bakievning hokimiyatdagi xolatidan mustaxkamroq emas. Lekin appozitsiya ham ilgarigilardan ancha zaif.

Demak masala bu ikki tomonni qo’llab yuboradigan xalqaro siyosatdagi katta davlatlarning ta’sir quvvatiga bog’liq. Bularni har ikkalasi ularning qo’llaridagi qurollari kabi, o’z manfaatlariga ko’ra har qaysisini ishlatisha oladi. Masalan: Atambaev Rossiya bilan AQSh o’rtalarida sarson bo’ldi. U har ikkisini ham rozi qilishni istaydi. Lekin vaziyat buni inkor qilib, har ikki tomon ham undan o’z manfaatlarini bir tomonlama echib berishini talab va bosim qilib kelishadi. Rossiyani rozi qilish maqsadida Manasdan NATO bazasini chiqarayotgan bo’lsa, Turkiyani vosita qilib AQSh bilan ham muomilalarini qayta tiklashga urinyapti. Ba’zi bir ma’lumotlarga qo’ra, AQSh bilan yashirincha shartnomalar tuzayotgani va AQSh Qirg’izistondagi elchixonasi ostiga, eng kerakli va Rossiyani xavfga solgan aloqa to’lqinlarini nazorat qiluvchi texnalogiyalarini joylashtirish maqsadida er osti ba’zasini tayorlayotgan emish. Agar u shu ishlar bilan AQShni ham rozi qila olgan bo’lsa, muxolif shaxslarga qarshi qo’rqmay hujumga o’tishi aniq. Chunki barcha hokimiyatni ag’darish uchun olib boriladigan xarakatlar, shu katta davlatlaning biri tomonidan qo’lovga olinishi bilan amalga oshadi. Chunki muxolifot olib borayotgan xarakatlar inqilobiy mafkuraviy kurash emas, balki moddiy manfaatlarni qo’lga kiritish yoki o’zlaridagi boylik manba’larini hokimiyat orqali saqlab qolish maqsadida olib boriladigan shaxsiy kurash hisoblanadi. Odatda bu kurash, deyarli maqsadsiz, oqibatlari xaqida tiniq tasavvurga ega bo’lmagan va ular tili bilan aytganda ekstremistik tarzda olib boriladi.

Izohlar yo'q