Bashar Asad umumiy avf e’lon qildi

0
540

Suriya prezidenti Bashar Asad umumiy avf e’lon qildi. Rejim tarafidan e’lon qilingan umumiy avf qarori “Harbiy xizmat qonuni” tarkibiga kirgan jinoyatlarga va mamlakat armiyasi safidan qochganlarga aloqadordir. Besh moddadan iborat qaror rasmiy gazetada e’lon qilishi ortidan qonuniy kuchga kiradi.

Avfnomaga ko’ra, Suriya armiya safidan qochib yurt ichida yurgan askarlar o’ttiz kun ichida davlat armiyasi safiga qaytsa kechiriladi. Ammo Asad qo’shinini tark etib xorijga qochganlarga esa yaxshilab o’ylanib ko’rish uchun ko’proq vaqt belgiladi. Ular to’qson kun ichida armiya safiga qaytsa, avf etiladilar.

Suriyaning “SANA” rasmiy axborot agentligining xabar qilishicha, umumiy avf bugunga qadar amalga oshirilgan barcha turdagi jinoyatlar kechirilishini o’z ichiga oladi.

Turkiston:

Asad, AQSh yordamida o’z xalqini qamal qildi, ularni ko’z o’ngilarida farzandlarini ochlikdan o’ladigan xolatga olib kelib, yuqoridagi taklifni qildi.

Bu taklif, uning tarafdor armiyasi ichidagi kadrlar muammosi paydo bo’lganiga dalolat qiladi. Asosan u tarafda kurashayotganlar, Eron va xizbullox tomonidan yuborilayotgan yollanma askarlar bo’lib, bu xolat uni qanoatliantirmaydi.

Kufr tomonidan unga qo’yiladigan talablar ham, muxolif quvvatga qarshi kurashuvchi kuchlar o’z fuqorolaridan bo’lishini lozim deb biladi. Chunki tashqi quvvatlar yordamiga tayanadigan kurash, grajdanlar urushini paydo qila olmaydi. Kufr olami esa, islomiylarga qarshi o’sha xalqning o’zidan bir guruh yoki tomon bo’lishini yutuq deb biladi.

Lekin kurash, allaqachon Islom bilan kufr urushiga aylanib bo’ldi. Endi iymonli va aqlli kishilar Asad tomonini qo’llashlari mumkin emas. Iymondan kelganda shar’an harom, aqldan kelganda kaltafamlik bo’ladi.

Izohlar yo'q