Xalifalikni tiklash uchun berilgan muddat to’g’risidagi savolga javob

504
0

question-mark (1)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Madina Watiqahning musulmonlarga Xalifalikni tiklash uchun berilgan muddat to’g’risidagi savoliga javob

Savol: Sevimli amirimiz, sizni Alloh hifzu himoyasida va panohida asrasin, sizning qo’lingizda fathni ro’yobga chiqarsin. Assalamu alaykum va rohmatullohi barakotuh.

«Islomda boshqaruv nizomi» va «Xalifalik davlati jihozi (boshqaruv va idora)» kitobida bir rivoyat kelgan. Bu rivoyat Tabariy tarixidan quyidagicha naql qilingan: «Agar besh kishi to’planib, o’zlaridan bir kishining xalifa bo’lishiga rozi bo’lsayu, bir kishi bunga rozi bo’lmasa, uning boshini qilich bilan chopib tashla. Agar to’rttasi to’planib o’zlaridan bir kishiga rozi bo’lsayu, ikkitasi bunga rozi bo’lmasa ikkalasining boshlarini qilich bilan chopib tashla…».

Bu rivoyatda roviylardan Abu Mixnaf Lut ibn Yahyo ibn Said ibn Mixnaf ibn Salim Azdiy ismli kishi bor. Alloma Taqiyyuddin Nabahoniy bunday degan: «Uning sahih kitoblaridan faqat Ibn Jarir Tabariy o’zining tarixida naql qilgan narsagina qolgan. Uni ko’pchilik muhaddislar qoralab, u bir talay noma’lum kishilardan rivoyat qilar edi, deb aytganlar». (Islomiy shaxsiya, 1-juz, 354-sahifa).

Savol shuki, agar ish shunday bo’ladigan bo’lsa, qanday qilib alloma Taqiyyuddin Nabahoniy Abu Mixnafning Tabariy tarixidagi rivoyatini sahih rivoyat deb aytishi mumkin? E’tibor qaratganingiz uchun tashakkur.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barakotuh…

Biz oldin ham shunday savolga Feysbukdagi sahifamizda batafsil javob berganmiz.

Shuning uchun men sizga qisqacha javob beraman:

1 – Tabariy rivoyatida bunday deyiladi: «Menga Umar ibn Shabba rivoyat qildi, bizga Ali ibn Muhammad Vaki’dan, u A’mashdan, u Ibrohim va Muhammad ibn Abdulloh Ansoriydan, u Ibn Abu Arubadan, u Qatodadan, u «Shahr ibn Havshab va Abu Mixnafdan», u Yusuf ibn Yaziddan, u Abbos ibn Sahl va Muborak ibn Fazoladan, u Ubaydulloh ibn Umar va Yunus ibn Abu Ishoqdan, u Amr ibn Maymun Avdiydan rivoyat qildi: Umar ibn Xattobga jarohat etkazilganda… u dedi…».

2 – Bundan aniq ko’rinib turibdiki, Qatoda faqat Abu Mixnafning bir o’zidangina rivoyat qilmagan, balki Shahr ibn Havshab va Abu Mixnafdan rivoyat qilgan, u ikkisi (Shahr ibn Havshab va Abu Mixnaf) Yusuf ibn Yaziddan rivoyat qilgan. Shuning uchun Abu Mixnaf haqida gap-so’z borligi hadisning sahihligiga ta’sir qilmaydi. Chunki Shahr ibn Havshabni ko’pgina hadis olimlari ishonchli deb aytganlar:

Ijliy (hijriy 261 yilda vafot etgan) o’zining «Siqot» (ishonchli kishilar) kitobida bunday degan: «Shahr ibn Havshab Shomlik, tobein, ishonchli».

Haysamiy (hijriy 807 yilda vafot etgan) Shahr ibn Havshab haqida «Majma’uz zavoid va manbaul favoid»da ko’p o’rinda aytib o’tgan: «Shahr ibn Havshab, ishonchli deyilgan». «Shahr ibn Havshab haqida turli fikr bildirganlar. Lekin uni Ahmad, Ibn Ma’iyn, Abu Zur’a va Ya’qub ibn Shayba ishonchli deganlar». «Shahr ibn Havshab haqida ba’zi gap-so’zlar bor. Lekin uni bir necha kishi ishonchli degan». «Shahr ibn Havshab haqida gap-so’z bor. Uni bir jamoat ishonchli degan».

Ibn Shohin (hijriy 385 yilda vafot etgan) o’zining «Ishonchli kishilar ismlari tarixi» kitobida bunday degan: «Yahyo aytadi: Shahr ibn Havshab, sobit. Yana bir rivoyatda aytadi: U shomlik bo’lib, Basrani manzil tutgan, o’zi ash’ariylardan, ularning eng mo”tabarlaridan bo’lgan, u ishonchlidir».

Shunga ko’ra Qatoda faqat Abu Mixnafning bir o’zidangina emas, Abu Mixnaf va Shahr ibn Havshabdan rivoyat qilgan. Shuning uchun biz bu rivoyatni olganmiz. Ma’lumki, u bu mavzudagi yagona rivoyat emas. Chunki unga o’xshagan rivoyatni Ibn Sa’d «Tabaqot»da, Ibn Shabba «Madina tarixi» kitobida rivoyat qilgan…

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

1 zul-hijja 1434h   6 oktyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.