Maxmud Abbos Netanyaxuga tinchlik muzokaralarini boshlashni taklif qilmoqda

316
0

0

Falastin milliy ma’muriyati boshlig’i Maxmud Abbos Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun xohlagan vaqtda uchrashishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Men Netanyaxu bilan hamma vaqt uchrashishga tayyorman”, – dedi Abbos. Uning so’zlariga ko’ra, falastinliklar va isroilliklar tinchlik kelishuviga erishish uchun so’nggi imkoniyatga egalar.

Abbosni ta’kidlashicha, AQSh vostachilik qilgan Falastin-Isroil muzokaralarida ikkala tomon ham muzokaralarni o’zaro ta’nalar bilan boshlaganliklari uchun axamiyatli siljish bo’lmadi.

Avvalroq, Maxmud Abbos to’qqiz oydan so’ng tinchlik kelishuviga erishish uchun Isroil bilan muzokaralarni davom etdrish maqsadi borligini hamda Isroil bilan vaqtinchalik kelishuvlar o’z xalqini qoniqtirmasligini bildirgan edi.

Turkiston:

Abbos Shomda nimalar bo’layotganidan bexabar ko’rinadi. U o’zining siyosatini faqat isroil bilan be’tain shartnomalar tuzishda deb biladi. Isroilni esa, xozir uni obruyini ko’tarish uchun u bilan muzokaralar o’yinini o’ynashga vaqti yo’q. Shomda uning xayot ma’mot masalasi echiladigon keskin vaziyat paydo bo’lib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.