Qirg’iz-O’zbek chegarasining 371,34 kilometri bahsli qolmoqda

483
0

kguztrade

Chegara masalalari bo’yicha qirg’izistonlik taxlilchi Beknazar Abduraimovning jurnalistlarga aytishicha, shu kunda ikki davlat o’rtasidagi chegaraning 371,34 kilometri bo’yicha tomonlar o’rtasida kelishuv mavjud emas.

Taxlilchining so’zlariga ko’ra, Qirg’iziston bilan O’zbekiston o’rtasidagi chegara uzunligi 1378, 44 kilometrdir.

Bu masofaning 1007 kilometri bo’yicha kelishuvga erishilgan va tasdiqlangan, kelishilmagan hududlar soni 58 ta yoki 371,34 kilometr ekanligini xabar qilgan qirg’izistonlik taxlilchi.

Turkiston: Dunyoni o’zlari tuzib bergan dastur asosida boshqarayotgan mustamlakachi davlatlar, “Bo’lib tashlab hukumronlik qil” degan qoidaga amal qilib kelishadi. Shuning uchun ham o’zlari mustamlaka qilmoqchi bo’lgan hududlarni mayda davlatchalarga bo’lib tashlab, ularning o’rtalariga sun’iy chegaralar tortib hamda bu chegaralarni mustaxkamlash uchun o’zlari tarafidan qo’yilgan malay hokimlarni moddiy va ma’naviy tarafdan qo’llab-quvvatlab turishadi.

Bugungi kunda tili boshqa, urf-odatlari bir biridan farq qiladigan Yevropa davlatlari bitta ittifoqqa birlashib, o’rtalaridagi shundoq ham nomigagina mavjud bo’lgan chegaralarni yo’q qilishga xarakat qilishayotgan bo’lsa, bizning O’rta Osiyodagi va umuman Islom olamidagi davlat rahbarlari o’z xojalarini rozi qilish hamda o’z xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida tili bir, dini bir, urf-odatlari bir biriga yaqin bo’lgan bir Ummat vakillari o’rtasidagi sun’iy chegaralarni mustaxkamlashga, ularning oralariga raxna solishlikka jon-jahdlari bilan xarakat qilishmoqda.

Bu maqsadda “mustaqil” davlatchalar hokimlari o’zlariga yozib berilgan dastur bo’yicha xarakat qilib, Xalifalik davlatini yo’q qilish va Islom Ummatini bo’lib tashlashlikda juda qo’l kelgan, mustamlakachi davlatlar tomonidan musulmonlar ongiga singdirilgan millatchilik hamda vatanparvarlik kabi jirkanch va tuban fikrlardan keng foydalanib, islomiy Ummat o’rtasida birlik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka intilishmoqda. Chunki, bu mustamlakachi davlatlar musulmonlar o’rtasida birlikni paydo bo’lishi, o’zlarini bir Ummat vakili ekanliklarini anglab etishi, ularning Islom erlaridagi barcha manfaatlariga va dunyo siyosatidagi hukumronligiga barham berishini juda yaxshi bilishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.