Oktyabr xotirasi munosabati bilan armiya ayrim misrliklar bilan bilan bayram qilayotgan bo’lsa, ayrimlarini o’ldirmoqda va jarohatlamoqda!
Misr sog’likni saqlash vazirligining bildirishicha, 6 oktyabr yakshanba kuni o’ldirilganlar soni 53ga, jarohatlanganlar esa 271ga etgan. Ichki ishlar vazirligidagi manbalarning aytishicha, 423dan ko’proq namoyishchi qamoqqa olingan. Armiya va politsiya harbiy to’ntarishga qarshi chiqib namoyish qilayotganlarning Qohiradagi Tahrir maydoniga kirish istagini kuch bilan bostirdi. Holbuki bu maydon hozirgi hukumat tarafdorlarining bayram qilib armiyadan kuponlar ko’rinishidagi sovg’a-salomlarni olishlari uchun lang ochib qo’yilgan edi. To’ntarishni rad qilib tinch namoyishga chiqqanlarni esa o’ldirildi va jarohatlar etkazildi. Bu juda g’alati farq!
Muvaqqat prezidentning press maslahatchisi bergan bayonotlar esa bundan ham g’alati. U namoyishchilarni «ajnabiy davlatlarga malaylik vazifalarini bajarishyapti» deb aybladi. U bu gapi bilan xavfsizlik kuchlari amalga oshirayotgan qirg’in amaliyotlarini oldindan oqlashga urindi. Bosh vaziri Nahza va Robiatul Adaviya maydonlaridagi tinch namoyishchilar tarqatib yuborilgani va mingdan oshiq odamning o’ldirilganini «politsiya o’zini yuqori darajada bosib turdi» deb oqlagan hukumatning bu ishiga hayron bo’lmasa ham bo’ladi, balki bu hukumat bosh vazirining fikricha ular Amerika Vetnamda qilganidan ko’ra ko’proq ishni qilishmagan emish!
Bu rejim va uning xavfsizlik idorasining mo’min borasida na ahdga, na burchga rioya qilmasligi va to’kish harom qilingan qonni to’kishdan toymasligi hammaga ayon bo’lib qoldi. Holbuki biz musulmon qonini to’kish harom ekanligini ularga takror-takror eshittirib turibmiz. Biz ularga Robbimizga Qiyomat Kunida uzrimizni aytish uchun va shoyad ular Allohdan qo’rqsalar, deb nasihat qilmoqdamiz. Alloh Taolo dedi:
«Kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannam bo’lib, o’sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g’azabi va la’natiga duchor bo’lgan, Alloh uning uchun ulug’ azobni tayyorlab qo’ygandir» [Niso 93]
Rosululloh s.a.v. esa bunday dedilar:
«لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ»
«Dunyoning yo’q bo’lib ketishi Alloh nazdida bir musulmon kishining o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir» (Termiziy).
Armiya o’zi himoya qilishi vojib bo’lgan kishilarning ko’ksiga qurol to’g’rilashi haqiqatda bir fojeadir. Ey Misr armiyasining sharafli o’g’lonlari! Sizlar albatta Alloh huzurida turasizlar, U Zot sizlarni qilgan ishlaringiz bo’yicha muhosaba qilajak! Bu rahbariyatga va uning Ummatingizga qarshi qilayotgan zulmiga sukut qilib turishingiz to’g’risida ham albatta muhosaba qilinasiz. Shunday ekan, o’zingiz o’zgartirilmasligingizdan oldin o’zgarish yasashga harakat qiluvchilardan bo’ling, aks holda Alloh haqida yo’l qo’ygan loqaydligingiz uchun nadomat chekib qolasiz!
«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o’ldirishni) harom qilgan biron jonni nohaq o’ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa uqubatga duchor bo’lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur» [Furqon 68-69]
Sharif Zoyid
Hizbut Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi raisi
Adres: Jalo ko’chasi 31 – Qohira Telefon: 01015119857 – 0227738076 Elektron pochta: hizb.ut.tahrir.eg@gmail.com