Misrda yana qon to’kilishlar

335
0

001

Frantsiya axborot agentligi Misrda faoliyat olib borayotgan “yordam va najot” tashkilotining raisi Ahmad Ansoriyning so’zlariga tayanib xabar qilishicha, Misr xavfsizlik kuchlari bilan “Musulmon birodarlar” jamoasining tarafdorlari o’rtasida yuz bergan to’qnashuvlarda 51 kishi halok bo’lib, 268 kishi jarohat olgan.

Ahmad Ansoriy Qohira va Ajizzada yuz beragan to’qnashuvlarda 46 kishi, Misr markazidagi Ban Sharifda 4 kishi va Almaniyo mintaqasida 1 kishi hayotdan ko’z yumganligini ma’lum qildi.

Misr xavfsizlik kuchlari yuz bergan to’qnashulardan keyin hodisada qo’li borligi aybi bilan 423 kishini qo’lga oldi.

Xabarlarda aytilishicha, norozilik yurishi uyushtirgan “Musulmon birodarlar” jamoasining tarafdorlari Tahrir maydoniga o’tishga harakat qilganlar. Xavfsizlik kuchlari esa ularni tarqatish uchun avval ko’zdan yosh sizdiradigan gaz qo’llagan. So’ng haqiqiy o’qlar ishga solingan. Guvohlarga ko’ra, halok bo’lganlarning aksari ko’kragi va boshidan otilgan.

To’qnashuvlar Misrning boshqa shaharlarida ham ro’y berdi. Misr Sog’likni saqlash vazirligi 7 oktyabr tongida halok bo’lganlar soni 53 ga etgani, 270 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatdi.

Bundan avval Misr ichki ishlar vazirining muovini Sayid Shafiq “Musulmon birodarlar” tarafdorlariga hech bir makonda norozilik namoishlari va piketlar o’tkazishga ijozat berilmasligini e’lon qilgan edi. Shafiqga ko’ra, “Musulmon birodarlar” faoliyati Misr rasmiylari tarafidan man etilgan. Shuning uchun bu guruh tarafdorlari namoishlar o’tkazishga haqqi yo’q.

“Agar “Musulmon birodarlar” tarafdorlari vazirlik qaroriga qarshi chiqadigan bo’lsa, qonun asosida ularga nisbatan chora tadbirlar ko’riladi”, deb e’lon qildi Misr ichki ishlar vazirining muovini.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.