Xavfsizlik Kengashining kimyoviy qurol bo’yicha qarori mustamlakachi kofirlarning haqiqiy basharasini ko’rsatib turibdi

293
0

01

Ular musulmonlar yurtlarini qurolsizlantirish borasida bitta millatdir Xavfsizlik Kengashi 2118-raqamli qarorni bir ovozdan qabul qildi. Unga veto qo’yilmadi, hatto bu qarorga qarshilarning ham ovozi chiqmay, veto qo’yishmadi! Bu Shom tog’uti 30 oydan oshiqroq vaqt oldin Suriya ahlini qirg’in qilishlarini boshlagan paytdan buyon birinchi marta bir ovozdan qabul qilinayotgan qarordir! Amerika va uning ittifoqchilari boshchiligidagi xalqaro hamjamiyat minglab keksalar, ayollar va bolalarning qonlari to’kilganiga, raketalar bilan o’qqa tutilishi oqibatida yuz minglab odamlar qo’l-oyoqlaridan ajrab jarohatlanganiga, uylari vayron qilingan millionlab odamlar qochoqlarga aylanganiga parvo ham qilmadi. Bularning hech biri xalqaro hamjamiyatni qaror qabul qilishga undamagan edi. Aksincha Amerika Rossiya bilan birgalikda iflos bitim tuzib, biri qabul qilsa ikkinchisi rad etishi to’g’risida kelishib oldi. Tog’utga o’z jinoyatlarini bemalol davom ettirishiga imkon berish uchun shunday qilishdi. Tog’utning bu jinoyatlaridan na bashar, na dov-daraxt va na tog’u-tosh omon qoldi. Bu jinoyatlarning hech biri kofirlarni yakdil qarorga jamlamagan edi. Aksincha ular yahud davlati va boshqa davlatlarning omborlari, ayniqsa kimyoviy qurolni man qilish bo’yicha bedor turganini da’vo qilayotgan anavi yirik davlatlar omborlari kimyoviy qurol bilan to’lib-toshib yotgan bir vaqtda musulmonlar yurtidan kimyoviy qurolni tortib olish to’g’risida yakdil qarorga kelishdi! Har qanday oqil odam kofirlar bu qarorni – u Islom va musulmonlarga qarshi chiqarilgan qaror bo’lgani uchun – yakdil qabul qilishganini yaxshi tushunadi. Chunki kofirlar Shom tog’utining qulash arafasida ekanini va u qulagach bu qurol yana musulmonlarga qaytishini yaxshi tushunishadi. Ularni va ularning arzandasi yahud davlatini qo’rquvga solayotgan narsa mana shudir. Chunki yahud davlatining xavfsizligi, xalqaro mafiya boshlig’i Obama aytganidek, ularning bu mintaqadagi eng ko’zga ko’ringan manfaatidir. So’ngra bu mintaqaning boyliklari, ayniqsa undagi qora oltin – neftni talab ketishdan iborat manfaatlari turadi…

Mustamlakachi kofir davlatlarning musulmonlarga dushmanlik qilishda birlashishi ularning yig’inidagi bir yangilik emas. Chunki bu ularning to’dalari ilgaridan o’rnatib ketgan bir qonuniyatdir. Shuning uchun ular musulmonlarga tegishli har qanday masala oldida o’zaro kelishmovchiliklarini unutib birlashishadi. Bu xuddi o’tmishdagi arab qabilalari holatiga o’xshaydi. Chunki ular bitta tuya deb uzoq yillar bir-birlariga qarshi jang qilishgan. Shunga qaramay ular Rosululloh SAVga qarshi birlashib, o’zaro janjallarini vaqtincha unutishgan edi. Ular Rosululloh SAVni o’z uyida o’ldirish uchun har bir qabiladan bittadan kishini tanlashgan, ular hammasi bo’lib qirq kishi bo’lishgan edi. Bu Rosululloh SAVning hijrat qilishi arafasida bo’lgan edi. O’sha davrda Fors va Rum ham bir-biriga qarshi ashaddiy dushman edi. Lekin ular Iroqda, bugungi Bukmal sharqidagi Faroz jangida musulmonlarga qarshi jang qilishda bir-biriga yordam bergan edi. Bu hijratning 12 yili ramazonda bo’lgan edi. Bizga qarshi Yevropa qirollaridan iborat salibchilar ham hijriy V asr oxirlaridan, milodiy XI asrdan boshlab 200 yil davomida birlashib keldi. Keyinchalik ularning safiga mo’g’ul-tatarlar ham qo’shildi. Hijriy 615 yildagi salibchilik yurishidan keyin qolgan-qutgan ayrim salibchi qirollar mag’lub bo’lib zaiflashgan edi. Mo’g’ul-tatarlar ularning erlarini bosib olish bilangina kifoyalanmay islomiy mintaqalarga ham hujum qilishgan edi! Bugina emas, balki salibchilar ana shu yurishda mag’lub bo’lishganidan keyin mo’g’ul-tatarlarni hijriy 617 yilda musulmonlar yurtlariga hujum qilishga gijgijlashdi. Shundan keyin Yevropa davlatlari o’zaro urushlardan bo’shamay qoldi, lekin ular XVI-XVII asrlarda Islomiy davlat «Usmoniy Xalifalik» kuch-qudratga to’lib buyuk va qudratli davlatga aylanganini ko’rishgach, Yevropa qirollari o’zaro kelishmovchiliklarini unutishdi hamda Islom va musulmonlarga qarshi adovat sababli Islomiy davlatga qarshi jang qilish uchun birlashishdi. Ular shu maqsadda Xalqaro oila degan narsani tuzishdi. XVI asrdan boshlab ahvol shunday davom etdi, hatto bu davlatlar Islomiy davlat zaiflashganidan, so’ngra yo’q bo’lganidan keyin ham, birinchi jahon urushidan keyin Millatlar ligasi, ikkinchi jahon urushidan keyin esa BMT degan nom bilan birlashishda davom etdi. Lekin bu tashkilotning nomi o’zgarganiga qaramay Xalqaro oiladan ko’zlangan asosiy g’oya o’sha-o’sha o’zgarmay qolaverdi. Bu g’oya Islom va musulmonlarga qarshi urushdir. Bunda faqat vositalar va uslublar o’zgardi xolos, Islom va musulmonlarga bo’lgan umumiy dushmanlik esa o’zgargani yo’q. Bu asosiy g’oya Amerika va uning ittifoqchilari bosh bo’lgan hozirgi xalqaro ahvolda ham o’zgargani yo’q. Chunki xalqaro ahvol hamon Islom va musulmonlarga bo’lgan dushmanlikdan kelib chiqib ish yuritmoqda. Kofirlarning Falastinni bosib olgan yahud davlatini qo’llab-quvvatlashlari, kimyoviy qurolsizlantirish bo’yicha Xavfsizlik Kengashi qarori va musulmonlarning boyliklarini talash rejalari – bu asosiy g’oyaning ayrim qismlaridir, xolos.

Ey musulmonlar!

Mustamlakachi kofirlarning bizga qarshi birlashishi ularning yig’inidagi bir yangilik emas. Lekin sharmandalik hol – musulmonlar yurtlaridagi hokimlarning Amerika va uning ittifoqchilari qarshisida ularning oyog’ini o’pgudek bo’lib tiz cho’kishlaridir! Bu hokimlar – agar ularda biror din va qadr-qiymat bo’lsa – dinlarini ham, qiymatlarini ham qiyshaygan mansab kursisida vaqtincha qolish evaziga sotib yuborishmoqda. Yana bir sharmandali hol – musulmonlar yurtlarida o’sib ulg’aygan, lekin G’arb saqofati bilan sug’orilgan ayrim odamlarning G’arbni maqtab, uning pozitsiyalarini ko’klarga ko’tarishayotganidir! Holbuki bu G’arb go’shtlarni burdalab, suyaklarni maydalamoqda. Shunga qaramay bu kimsalar ana shu davlatlar haqida yaxshi gumonda bo’lib, ularni rozi qilish va ulardan yordam so’rash uchun elib yugurishmoqda. Vaholanki bu davlatlar Alloh Subhanahu:

«Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo’ling! Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!» [Munofiqun 4]

deb aytganidek dushman davlatlardir. Yana bir alamli narsa demokratiya, ilmoniylik… uchun emas, balki Xalifalik uchun harakat qilayotganini va unga chaqirayotganini, Sayks-Piko bayrog’ini emas, Rosululloh SAV royasini ko’tarib chiqishni da’vo qilayotgan ayrim «islomiy» harakatlar va «islomchilar»ning: «Biz G’arbning g’alamisligidan, natijada biz bilan birga Basharga qarshi turmay qo’yishidan qo’rqamiz» deb javob berishayotganidir. Ular Bashar ham, otasi ham Amerika va uning ittifoqchilari qo’g’irchog’i ekanligini, Amerika bu tog’utni qo’llab-quvvatlayotganini, shuning uchun unga ketma-ket muhlatlar berayotganini tushunib etishmayapti. Amerika qulash arafasida turgan bu malayi o’rniga yana bir malayni etishtirib qo’li bo’shagunga qadar bu tog’utni qo’llab-quvvatlayotganini ular tushunishmayapti. Shuning uchun Amerika Islom royasini ko’tarib chiqib haqni istayotgan musulmonlar tarafida hech qachon turmaydi, garchi uning yuzida yuzaki tabassum ko’rinib turgan bo’lsa ham.

«Holbuki, ular agar ustingizda g’olib bo’lishsa, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqishadi. Og’izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko’ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko’plari itoatsizdir» [Tavba 8]

Ey musulmonlar:

Kufr hech shubhasiz bitta millatdir. Xavfsizlik Kengashida yirik davlatlarning musulmonlar yurtlari qudrati sababi bo’lgan qurolni tortib olish bo’yicha birlashgani va Xavfsizlik Kengashining mazkur qarori buni yaqqol ko’rsatib turibdi. Bu dushmanlikning ko’rinmay, maxfiy qolayotgan jihatlari esa bundan-da kattaroqdir.

«Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgizsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik» [Oli Imron 118]

Yirik davlatlar kelib chiqayotgan bu voqeni, davlatlarning Islom va musulmonlarga qarshi bu dushmanlik pozitsiyasini tushunib etish – dushmanning til biriktiruvlaridan najot topishning, so’ngra uni mag’lub etishning birinchi qadamidir. Bu – kufr Islom va uning ahliga qarshi birlashayotgan birinchi hodisa emas. Aksincha u Rosululloh SAV davrida Madinada davlat tiklanganidan boshlab kofirlar to’dasi musulmonlar orasidagi xoinlar bilan til biriktirib hijriy 1342, milodiy 1924 yilda Xalifalikni yo’q qilishgan paytgacha va hozirgi davrgacha davom etib kelayotgan uzun fitna silsilasining bir halqasidir, xolos. Ana shundan keyin kofirlar ustimizga chiqib olishdi. Bunga sabab ularning kuchli ekanligi emas, aksincha bizning zaifligimizdir. Chunki biz o’z quvvatimiz sababini tark etdik va davlatimizni qayta tiklamay tek o’tiraverdik. Natijada bu kofirlar Rosululloh SAV aytganlaridek bizga qarshi birlashishdi. Abu Dovud Savbondan rivoyat qilgan hadisda Savbon bunday dedi: Rosululloh SAV dedilar:

«يُوشِكُ الأُمَمُ أَنْ تَدَاعَى عَلَيْكُمُ كَمَا تَدَاعَى الأَكَلَةُ عَلَى قَصْعَتِهَا» فَقَالَ قَائِلٌ: وَمِنْ قِلَّةٍ نَحْنُ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: «بَلْ أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ كَثِيْرٌ، وَلَكِنَّكُمْ غُثَاءٌ كَغُثَاءِ السَّيْلِ، وَلَيَنْزَعَنَّ اللَّهُ مِنْ صُدُورِ عَدُوِّكُمُ الْمَهَابَةَ مِنْكُمْ وَلَيَقْذِفَنَّ اللَّهَ فِي قُلُوبِكُمُ الْوَهْنَ» فَقَالَ قَائِلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، وَمَا الْوَهْنُ؟” قَالَ: «حُبُّ الدُّنْيَا، وَكَرَاهِيَّةُ الْمَوْتِ»

«Yeb to’ymas ochofatlar o’z tovog’iga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga birgalikda yopirilib tashlanadi», shunda bir kishi so’radi: «O’sha kunda sonimiz oz bo’lganidanmi?» U zot: «Yo’q, sizlar u kunda ko’p bo’lasizlar. Lekin selning ko’pigi kabi bo’lasizlar, Alloh dushmanlaringiz qalblaridan sizlardan qo’rqishni albatta olib qo’yadi, sizlarning qalblaringizga vahnni albatta solib qo’yadi», dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rosululloh, vahn nima?» – deb so’radi, u zot: «Dunyoni sevish, o’limni yomon ko’rish», dedilar.

Ey musulmonlar!

Yetakchi o’z ahlini aldamaydi. Hizbut Tahrir sizlarni himmat kamarini bog’lab, o’zi bilan birga davlatingizni, roshid Xalifalikni qayta tiklash uchun jiddu-jahd bilan harakat qilishga chaqiradi. Chunki azizligingiz manbai va uyg’onishingiz yo’li mana shu davlatdir. Uni qayta tiklash uchun qanchalik kech harakat qilsangiz, dushmaningiz sizlarga qarshi shunchalik jur’at qiladi. Faqat sizni moddiy quvvatingiz sabablaridan mahrum qilish to’g’risida qaror chiqarish bilangina emas, balki yurtlaringizni harbiy kuch bilan bosib olish to’g’risida qaror chiqarish bilan xam sizga qarshi jur’at qilaveradi. Ammo agar Xalifalikni – vojib bo’lganidek – o’z taqdiriy masalangiz qilib olsangiz, u qalbingizda chuqur o’rnashsa va doim ko’z oldingizda tursa, uni tilingizdan oldin vujudingiz so’zlab tursa, natijada so’zdan oldin dinni xolis Alloh uchun qilgan va to’g’ri yo’ldan og’magan holda amal qilsangiz, o’shanda Alloh Subhanahuning va’dasi sizning qo’lingizda amalga oshishidan xursand bo’ling:

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi» [Nur 55]

Shuningdek Rosululloh SAVning zo’ravon boshqaruvdan keyin Xalifalik bo’lishi haqidagi bashorati ham qo’lingizda ro’yobga chiqishidan xursand bo’ling:

«ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So’ngra zo’ravon podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagan paytgacha bo’ladi, so’ng Alloh uni ko’tarishni xohlaganda ko’taradi, so’ngra payg’ambarlik minhojidagi Xalifalik bo’ladi. Payg’ambarimiz shunday degach sukut qildilar». O’shanda Xalifalik tongi yana otadi va Alloh sizga dushmanlaringiz ustidan g’alabani beradi.

«Agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo’lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam beradi va qadamlaringizni sobit-barqaror qiladi» [Muhammad 7]

O’shanda Amerika va uning ittifoqchilari sizdan changalini tiyib uyasiga qochib qoladi, agar o’shanda qochib qoladigan uyasi bo’lsa. O’shanda butun olam bo’ylab yaxshilik taraladi.

«Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir» [Ibrohim 20]

Hizbut Tahrir

23 zul-qa’da 1434h

29 sentyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.