BMT bosh assambleyasiga qatnashish uchun AQShga safar qilgan Turkiya prezidenti Abdulloh Gul jurnalistlarning savoliga javob berdi. Gul Vashington post gazetasiga intervyu berar ekan, “Isroil bilan aloqalarimiz o’z yo’lida davom etmoqda”, deya bildirdi.
Vashington post gazetasi muxbirining – “menimcha, Isroil Turkiyadan uzr so’ragandan keyin biror oldinga siljish bo’lmaganidan Obama idorasining havsalasi pur holatga tushdi. Xo’sh, siz Turkiya-Isroil aloqalarida oldinga siljish borligiga umid bildira olasizmi?” – degan savoliga – “kelishimga ko’ra, ikki tomonlama delegatsiyalar bordi-keldi qilishadi. Ma’lum rejalar asosida yig’ilishlar bo’lib o’tadi. Isroil Turkiyadan uzr so’ragandan buyon hech oldinga siljish bo’lmadi deyish noto’g’ri. Ayni paytda bayramlarimizga taklif qilyapmiz, milliy kunlarimizga qatnashayaptilar, xususan uchrashuvlar ijobiy shaklda davom etmoqda” – deb javob berdi Abdulloh Gul.
Jurnalistning – “aloqalar bir kun kelib eski holiga qaytishi mumkinmi?” – degan savoliga – “hamma narsa o’z yo’lida ketmoqda” – deb javob berdi u.
Turkiston: Kufrni rozi qilish qiyin, toki kufrga rozi bo’lmagancha. Kufr sistemasi bundan buyon xar bir musulmon malayidan shubxada bo’laveradi. Ularni kufrni rozi qiladigan xarakatlarga undab, xatto o’zlariga iymon keltirishlarini talab qilishgacha olib boradi. Chunki dunyo Islom va kufr sistemasiga bo’linish arafasida turibdi. Xar bir oqil malay, iymondan kelib yoki voqz’dagi quvvatlardan ta’sirlanib bo’lsa xam, yaqinda Islom quvvatidan ta’sirlana boshlashadi.
Kufr sistemasi o’sha kungacha o’z malaylarini ortga qayta olmaydigan darajadagi xolatlarga solib olishni xoxlashadi. Bu ularni kufr ishlarida faollashtirish, musulmonlarni qatl qildirib ularni qo’llarini yuvib bo’lmaydigan darajada qon qilib olish, shu kabi qatli omm qilayotgan NATO singari bloglar bilan maxkam xamkorlik qilishga undash kabi faoliyatlar bilan o’z ostilarida turishlarini maxkamlaydilar. Bu ishlar ularni Islom va musulmonlardan uzoqlashtiradi.