Nomard xoinlar da’vat yoyuvchini otib o’ldirishdi

0
524

Hizbut Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir»

Matbuot bayonoti

Hizbut Tahrir – Rossiyaning bildirishicha, uning faollaridan biri Abdulloh Abalov Dog’iston respubltkasidagi Kizlyarda 2013 yil 15 sentyabr kuni oqshom soat 11lar atrofida nomadr rus xoinlari qo’li bilan o’q otilishi natijasida halok bo’lgan

«Mo’minlar orasida o’zlari Allohga bergan (U zotning yo’lida jihod qilib, shahid bo’lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo’lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo’lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o’xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q» [Ahzob 23]

Abdulloh – Alloh Rahmat qilsin – Islomga va islomiy da’vatni yoyuvchilarga xizmat qilish yo’lida jonlarini tikkan, butun harakat va vaqtlarini shunga sarflagan yigitlarimizdan biri bo’lib, o’z pozitsiyasida mustahkam turgan va mabdaini mahkam ushlagan yigit edi. U Ummat tashvishini o’z elkasiga olib, uning alamlaridan og’ridi, Ummatiga bo’lgan qizg’anish hissi yuragida alanga oldi, bu olov uni Ummatni xorlik va xo’rlik holatidan xalos qilish va unga itlardek tashlangan kufr kuchlaridan qutqarish yo’lida o’z faoliyatini qattiq kuchaytirishga undadi. Lekin Alloh Abdullohni Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo’lingan o’rindagi shahidlar safiga saralab olishni istadi. Shunday bo’lsa-da, biz, siz birodarimiz Abdullohdan ayrilganimizdan qattiq qayg’udamiz, biroq Alloh sizga kengligi eru osmonga teng jannatda tayyorlab qo’ygan oliy manzil va abadiy o’ringa xavasimiz keladi.

Bu manfur jinoyat rus kuchlarining qanchalar zaif va qo’rqoq ekanliklarini fosh etmoqda, albatta. Chunki ular Abdullohni o’z ahdidan qaytarishga muvaffaq bo’lisholmadi. Ular unga nisbatan har qancha tahdidlar bilan o’z printsiplaridan voz kechtirishda omadlari chopmagach hamda uning haq so’zlari ularning badbashara yuzlari qarshisida quroldek o’tqalib qolavergach, qo’rqoqlarlarcha odatlaridan kelib chiqib, uni jismonan yo’q qilishga majbur bo’lishdi. Nahot, bu nomardlar ayni muammoni shu yo’l bilan hal qildik, deb o’ylashayotgan bo’lsa? Nahot, ularning shunga o’xshash amaliyotlari islomiy da’vat oqimini to’xtatib qolsa? Kim shunday deb hisoblasa, demak, u Islom aqidasini bilmas ekan, bu aqida uni qabul qilganlar qalblariga azm-qarorni, mag’rurlikni, fidoyilik muhabbatini ekib qo’yishini tushunmas ekan. Shubhasiz, bu qotillar Hizbut Tahrir harakatini to’xtatib qolisholmadi va insha Alloh, hargiz to’xtatisholmaydi. Aksincha, bu da’vat davom etib, Alloh Rossiyaga shayton vasvasasini unuttirib qo’yadigan saboqni beradigan Xalifalik davlati barpo etilishiga izn bergunga qadar u kuchayib boraveradi.

So’zimiz nihoyasida Abdulloh – Alloh rahmat qilsin – oilasiga, yaqinlariga va do’st-yorlariga o’zimizning iliq ta’ziyamizni izhor etib, Allohdan ularga sabri jamil ato etishini so’rab qolamiz. Shuningdek, Alloh Subhanahu va Taolodan ushbu bandasini O’z fazli bilan siylashini va jannatda payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan hamroh qilishini so’rab duo qilamiz, ular naqadar ajoyib hamrohdirlar.

Hizbut Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo’limi

Izohlar yo'q