G’arazgo’y Rossiya musulmonlarni va Hizbut Tahrir yigitlarini yana qamoqqa olish kampaniyasini boshladi

416
0

01

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Matbuot bayonoti

Sibirning Surgut shahridagi Aksanov bozorida olib borilgan keng miqyosdagi tasodifiy bosqin operatsiyasida 150ga yaqin musulmon qamoqqa olindi. Bu bozorda ko’p sondagi O’rta Osiyo va Shimoliy Kavkaz fuqarolari ishlaydi. Guvohlarning aytishicha, bosqin tasodifan boshlandi. Yuziga niqob kiygan va qurollangan kishilar kuppa-kunduzi bozorga bostirib kirishdi va uni o’rab olishdi. So’ng odamlarga o’ldirib yuborish bilan tahdid qilishdi va ulardan bozor tashqarisiga chiqib saf tortib turishni talab qilishdi.

Bosqin va tintuv operatsiyasidan keyin Rossiya Federal Xavfsizlik organi (FSB) qurollar va taqiqlangan kitoblarni izlayotganini e’lon qildi. So’ng 150ga yaqin odam maxsus avtobusga chiqarilib noma’lum tomonga olib ketildi. Va nihoyat 150 musulmonning orasidan bir guruhining Hizbut Tahrir yigitlari ekani ma’lum bo’ldi. FSB bozor binosida katta miqdorda islomiy fikrdagi taqiqlangan materiallarni uchratganini da’vo qildi.

Rossiyaning «Novosti» axborot agentligi 29 avgustda FSBning so’zini keltirdi. Unda kelishicha islomiy Hizbut Tahrirga mansub deb shubha qilingan islomchi terroristlar qamoqqa olingan. Ularga «Olamshumul Islomiy Xalifalikni barpo qilishga harakat qilish doirasida Bashkiriyada hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko’rgan» degan ayblovni qo’ydi.

Bu qamoqqa olish kampaniyasi mintaqada Ummatning keskin harakatlari ro’y berayotgan bir paytda amalga oshdi. Ummatning bu harakatlari mustabid hokimlarni qulatdi. Ikki yildan ko’proq vaqt o’tganiga qaramay bu harakat hanuz davom etmoqda. Ummat bu vaqt orasida zolim hokimlarga va ularning ortida turgan mustamlakachi G’arb davlatlariga qarshi kurashib keldi.

Rossiya esa bu harakatlarning alangasi o’z hududiga ham etib kelishidan qo’rqmoqda. Rossiyaning mustabid rejimi Hizbut Tahrirga moddiy ishlarni amalga oshirish va qurollarga ega bo’lish aybini yopishtirishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlaridan umidini uzgani yo’q. Sababi Rossiya rejimi Islom fikri oldida fikriy kurashda ayanchli mag’lubiyatga uchradi. Shuning uchun Hizbut Tahrir yigitlariga bu ayblarni yopishtirish ilinjida turli nayranglar qilishda davom etmoqda. Hizbut Tahrir islomiy jamiyatni tiklashda Islomning ochiq-ravshan tariqatiga rioya qiladi. Islomga da’vat qilish orqali kufr diyorini Islom diyoriga o’zgartirishga harakat qiladi. Islomiy Xalifalikni tiklash orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun odamlar orasida Islom fikrlarini yoyadi. U Islomning sof ta’limotlaridan chiqarib yuboradigan moddiy ishlar bilan shug’ullanmaydi. Shuning uchun FSB da’vo qilayotgan barcha ishlar to’qima yolg’ondir. Faqat yigitlarimizning taqiqlangan islomiy fikriy materiallarga ega bo’lgani bundan mustasno. Bu taqiqlangan fikr o’zi qaysi? Islom hukmlariga muvofiq hayot kechirishga chaqirish taqiqlangan fikrmi? Yoki musulmonlarning Islom mabdasini hayotga qaytarishga harakat qilishlari taqiqlangan fikrmi? Holbuki Islom mabdasi odamlarning ishlarini eng yaxshi suratda boshqaradi va muammolarini eng yahshi suratda muolaja qiladi hamda Rossiyani va butun olamni kapitalizmning iflosligidan qutqaradi!

Rossiyaning mustabid hokimlari shuni bilib olsinlarki, Alloh Islomni himoya qilib saqlashga O’zi kafolat bergan, Ummatga nusratni va Xalifalikni va’da qilgan. Bas ular qo’llaridan kelganini qilsin.

«Alloh esa, garchi kofirlar istashmasa-da, O’z nurini (ya’ni dinini) to’la (ya’ni har tarafga) yoyguvchidir» [Sof 8]

Ummat bir qancha davr davom etgan g’aflatidan uyg’ondi. Mana u bugun Islomga qayta boshladi. U uyg’onish yo’lida yuksalishiga to’siq bo’lib turgan, uni mustamlakachi ho’jayinlariga topshirib qo’ygan barcha tog’utlarni yanchib tashlaydi.

Majruh Osiyodagi birodarlar sabr qilinglar. Azizlikni qo’lga kiritishingiz tong otishidan ham yaqin bo’lib qoldi. Sizlar qo’zg’alinglar, farzlarning buyugini va eng muhimini bajarishga shoshilinglar. Bu esa Allohning shariatini hakam qilishga va Xalifalik davlatini tiklashga jiddiy harakat qilish bilan amalga oshadi.

«(Ey Muhammad), kofirlar sizni hibs qilish yo o’ldirish, yoki (Makkadan) chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makkor»roqdir» [Anfol 30]

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning

markaziymatbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.