Qirg’izistonning tashqi qarzi deyarli 4 mlrd.

327
0

getImage (2)

dollarga yaqinlashib qoldi Qirg’izistonning tashqi qarzi keskin tarzda oshib bormoqda. Xitoy prezidenti Si TSzinpinning safari chog’ida erishilgan bitimlardan so’ng davlat qarzi deyarli 4 mlrd. dollarga yaqinlashib qoldi. Ichki va tashqi qarzlarni to’lash uchun byudjetdan 300 mln. dollardan oshiq mablag’ sarf qilinmoqda.

Xitoy prezidentining Qirg’izistonga rasmiy safari chog’ida shimol bilan janubni bog’lab turuvchi yo’lni qurish uchun 400 mln. dollar, Bishkek isitish markazini tuzatish uchun 386 mln. dollar qarz olish bo’yicha kelishimga imzo chekildi. Bu qarzlar 2% ustamasi bilan 20 yil muddatga berildi.

Bundan avval ham Qirg’iziston Xitoydan katta miqdorda qarz olgan bo’lib, hozirgi kunda uning Xitoydan qarzi yarim mlrd. dollardan oshib ketgan.

Iqtisodchi Meymanbek Abdldaevning aytishicha, Qirg’iziston bugungi kungacha olgan qarzlaridan samarali foydalana olgan emas, kelasi yillarda ham xuddi shu ko’rinish takrolanadi.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Aklbek Japarov olingan qarz shimol bilan janubni bog’lab turuvchi yo’lni qurish uchun emas, balki davlatni rivojlantirish loyihalariga ishlatilsa yaxshi bo’lardi, degan fikrda. Chunki 400 mln. dollarga nari-beri qurilgan yo’l o’zini oqlamaydi.

Ammo Japarov Xitoy kabi yirik davlatlar Qirg’iziston kabi uchinchi dunyo davlatlariga sanoat rivoji uchun qarz bermasligini e’tibordan qochirdi. Chunki ular qarz berishdan avval beriladigan mablag’ni yo’llar, ko’priklar yoki sport komplekslari kabi, davlatga daromad keltirmaydigan sohalarga sarflashni shart qilib qo’yadi. Natijada qarz muddati tugagach, olingan mablag’ u yoqda tursin, uning ustama foizini to’lashdan ojiz bo’lib qolgan davlat mustamlakachi davlatga qaram bo’lib qolishga mahkum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.