Misr qo’shini 152 ta tunnelni buzib tashladi.

379
0

getImage (2)

Misr qo’shini Iyul oyidan buyon hozirgi kungacha G’azoga eltuvchi 152 ta tunnelni buzib tashladi. G’azoda istiqomat qiluvchi musulmonlar o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bu tunellardan foydalanib kelayotgan edi.

Misr qo’shini safidagi bir mas’ul xodimning iddao qilishicha, Misrning Sinay mintaqasidagi mujohidlar bu tunnellardan foydalanib kelgan. Kecha bayonot bergan mas’ul iyul oyidan boshlab hozirgi kungacha 152 ta tunnel buzib tashlanganligini ochiqladi.

Mas’ul xodim chegaraning 1 km atrofidagi shubhali uylar ham buzib tashlanganini aytar ekan, “mujohidlar G’azo bilan aloqa o’rnatish uchun bu mintaqadan foydalanishmoqda. Ular chegaraga yaqin joylashgan uylarda maxfiy tunnellar qurib olishgan”, deya bildirdi.

Misr armiyasi so’zchisi Ahmad Ali tunellar orqali G’azodan qurol yaroq kelayotganiga ishora qildi. “Sinayda amalga oshirgan amalyotlarimizda samalyotlarni urib tushiridagan raketalarni topdik. Mujohidlar bularni tunellar orqali G’azodan olib kelgan bo’lishi mumkin”, dedi u so’zi davomida.

Uzoq vaqtlardan buyon Misr va G’azo o’rtasidagi chegara punktlari yopiq bo’lganligi sababli G’azoda yashovchi musulmonlar ehtiyojlarini qondirish uchun bu tunnellardan foydalanib kelayotgan edi.

Falastinlik faollarga ko’ra, Misr qo’shini mujohidlarni bahona qilib, tunellarni buzib tashlamoqda. Shu yo’sinda ular so’ngi kunlarda siyosiy tarafdan yaqinlashuvi kuzatilayotgan Isroil bilan aloqalarini yanada kuchaytirish niyatida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.