Temir yo’l qurilishi haqidagi hujjat imzolanmadi.

462
0

0

Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li qurilishi haqidagi shartnoma loihasining imzolanishi Xitoy va Qirg’iziston tomonidan noaniq vaqtga to’xtatib qo’yildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si TSzinpinning Qirg’izistonga rasmiy tashrifi yakuniy xisobotidan ma’lum bo’ldi.

Mazkur temir yo’l qurilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tomonlar ko’p marotaba bayon qilgan bo’lsalarda, tashrif doirasida imzolangan hujjatlar tizmasida bu loiha yo’q edi.

Bu orada, vitse-premer Joomart Otorbaev, tashrif chog’ida bu masala yuqori darajada muhokama qilinganligini aytdi. “Ayni vaqtda temir yo’li qurilishining biznes-modeli ishlab chiqilmoqda. Bu o’ta keng miqyosli loiha, shuning uchun ham ko’p vaqt kerak bo’ladi”, – dedi u.

Shunga qaramay vitse-premer, shartnoma loihasini imzolash ortga surilishining sabablari hamda temir yo’l qurilishi biznes-modeli qachon tayyor bo’lishi haqidagi savollarga javob berishdan o’zini olib qochdi.

Ko’pchilik mutaxassislar asosiy sabab temir yo’l qurilishi xususida Rossiyaning qat’iy pozitsiyasi ekanligini aytmoqda.

Rossiyalik ekspertlar tahminiga ko’ra, Xitoyga bu yo’lning qurilishi mamlakatning g’arb tarafidan xavfsizligi uchun zarur, Rossiya xavfsizligiga esa bu narsa salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shu vaqtning o’zida, O’zbekiston mazkur yo’nalishdagi temir yo’li qurilishining loihalarini amalga oshirishlikni qo’llab quvvatlamoqda.

Turkiston:

Xa temir yo’l masalasi, AQShning “ipak yo’li” loixasiga tegishli. Bu loixa esa Rossiyaning YeVROZYeS loixasiga qarshi tuzilgan. Shuning uchun bu xujjat imzolanishi keyinga surildi.