Norozilik namoyishlari Turkiyani yana qayta qamrab oldi

359
0

000

Antakiya shahrida bo’lib o’tgan namoyish chog’i politsiya bilan bo’lgan to’qnashuvda 22 yoshli Ahmed Ataxon qurbon bo’lganiga norozilik bildirib Anqarada yashovchi fuqarolar namoyishga chiqishdi. Ommaviy norozilik namoyishlari Turkiyani ko’plab shaharlarida bo’lib o’tmoqda.

ODTU universiteti hududidagi o’rmonni kesilishiga qarshi hamda “G’oziy bog’i”dagi noroziliklarda qurbon bo’lgan Abdulloh Jo’mart ishini tekshirishni talab qilib dushanba kuni 150 chog’li yoshlar norozilik namoyishiga chiqishgan edi. Namoyishchilar orasida Axmed Ataxon ham bo’lgan.

Guvohlarni ta’kidlashicha, talaba Ataxon bosh miyani qattiq jarohatlanishidan xalok bo’lgan. Ularni so’zlariga ko’ra, talabani boshiga politsiya noroziliklarni tarqatish chog’ida foydalanadigan ko’zdan yosh oqizuvchi zaryad kelib tekkan, deb yozadi Hurriyet gazetasi. O’z navbatida Turkiya davlat OAVlari, Ataxon tomdan yiqilib tushganligi va boshi bilan toshga kelib urilganligini yozishmoqda. Ularning xabarlariga ko’ra, namoyishchini xalok bo’lishida politsiyani aloqasi yo’q. Bu yosh yigit tartib qo’riqchilari ustiga tashlash uchun quyosh batareyasini sug’urib olmoqchi bo’lib tomga chiqqan emish.

Turkiya poytaxtini markaziy kvartallari, shu jumladan Qiziloy xozirgi vaqtga qadar yopiq. Yuzlab odamlar yo’lni o’tish qismida qurilish materiallari va uy-ro’zg’or buyumlaridan barrikadalar barpo qilmoqdalar. Politsiya maxsus texnikalari barrikadalarni buzib tashlamoqda hamda namoyishchilarni suv va ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatishga xarakat qilmoqda. Odamlar yangi barrikadalarni barpo qilish uchun navbatdagi chorraxaga qochib o’tmoqdalar. Anqara ustida vertolyot navbatchilik qilmoqda.

Ommaviy norozilik namoyishlari kechadan buyon Turkiyani ko’plab shaharlarida davom etib, o’nlab odamlar jarohatlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.