Eshton: Yevropa ittifoqi Misrda muvaffaqiyatsizlikka uchragan emas

285
0

000

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha oliy vakili Ketrin Eshton “Yevropa ittifoqi Misrda muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, degan fikrga qo’shilmasligini ma’lum qildi. “O’zimiz rejalashtirgan har bir narsani amalga oshiryapmiz. Misr hukumati va barcha siyosiy kuchlar bilan doimiy aloqadamiz”, dedi u chorshanba kuni Strasburg shahrida bo’lib o’tgan evropa parlamenti majlisida.

“Hech bir tarafni yonini olmaymiz”, deb gap boshlagan Eshton so’zi davomida Islomiy hayotni xohayotganlar tarafida emas, balki demokratiyani xohlayotganlar tarafida turishini bildirdi. “Misrdagi yashash darajasini ko’tarish uchun faoliyat olib borishga urinyapmiz. Biz doimo demokratiyaga intilayotgan va qonuniy davlatga qaytishni hoxlayotgan Misr xalqi tarafidamiz”, dedi u so’zi davomida.

Eshton Yevropa ittifoqi dasturi bo’yicha hozirda Misrga yordam taqdim qilinmayotganiga ishora qildi. Lekin u sog’likni saqlash markazlaridagi faqirlarga yordam berish, maktablardagi bolalarni ozuqa bilan ta’minlash, faqir mahallalardagi fuqarolarni qo’llab quvvatlash va kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga yordam ko’rsatish davom ettirilishini ochiqladi.

Misrda minglagan musulmonlar qirg’in qilinganda, hatto najot istab masjidlarga qochib kirgan insonlar – ayollar va bolalar doxil – masjidi bilan qo’shib yoqib yuborilganda tomoshabin bo’lib turgan evropa ittifoqining vakili “Misr xalqiga yordam berish bizga vojibdir”, deya kekirdagini cho’zdi.

Eshton hech bir siyosiy shartlarsiz yordam ko’rsatish maqsadida Misrga safar qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligini ta’kidlar ekan, Misrlik hamkorlari Yevropa ittifoqi qadrlaydigan qiymatlar asosida yuksaklikka erishishiga umid bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.