Suriya kimyoviy qurollarni yo’q qilishga rozi bo’ldi

362
0

000

Suriya Bosh vaziri Vael al-Xalqiy 10-sentyabr kuni bergan bayonotida, o’zining mamlakati barcha kimyoviy qurollarni xalqaro hamjamiyat nazorati ostiga topshirish to’g’risidagi Rossiya taklifini qo’llab-quvvatlashini aytib o’tdi.

Hukumat rasmiysini so’zlariga ko’ra, Damashq bu qarorni “suriyaliklar hayotini saqlab qolishlik” uchun qabul qilgan. Avvalroq Rossiyani bu taklifini Moskvaga kelgan Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim ham ma’qullagan edi.

O’z navbatida Rossiya qisqa vaqt ichida kimyoviy qurollar omborini xalqaro hamjamiyat nazorati ostiga topshirish va keyinchalik yo’q qilish uchun aniq reja ishlab chiqishlikni Damashqdan so’raganligini xabar qildi.

Frantsiya hukumati qurolsizlanish shartlari va buni buzganlik uchun javobgarlikka tortish loyihasini BMT Xavfsizlik Kengashiga ko’rib chiqish uchun taqdim qilishga va’da qildi. Buyuk Britaniya ham agar bu reja amalga oshadigan bo’lsa u qattiq nazorat qilinishi zarurligini ma’lim qildi.

Vashington esa, Rossiyani bu taklifi ko’rib chiqishga loyiqligini tan oldi, biroq uni amalga oshishiga shubha bildirdi. 10- sentyabr oqshomida prezident Barak Obama o’zining hukumati Suriya masalasini xal etishi uchun bayonot bilan chiqishi zarur.

Rossiya hukumatini Suriyani kimyoviy quroldan tozalash taklifi, AQSh davlat kotibi Jon Kerrini kimyoviy quroldan to’la xoli bo’lishgina Suriyani Amerika zarbasidan qutqarib qolishi mumkinligi haqidagi bayonotidan so’ng paydo bo’ldi.

Suriya Yaqin Sharqdagi eng ko’p kimyoviy qurollar zahirasiga ega davlatlardan biridir. AQSh hukumati Damashqni 21- avgust kuni o’z xalqiga qarshi kimyoviy quroldan foydalanganlikda ayblamoqda. Vashingtonni fikricha, buning jazosi sifatida hukumat va harbiy ob’ektlar bombardimon qilinishi zarur.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.