Obama amerikaliklarni harbiy hujum zarurligiga ishontira olmadi.

251
0

000

AQSh prezidenti Barak Obama amerikalik fuqarolarni Suriyaga nisbatan harbiy amaliyot qo’llash zarurligiga ishontira olmadi. Bu haqda AQSh Kongressi vakillari palatasi raisi Djon Beyner bayon qildi.

“Amerikaliklar Suriyaga harbiy hujumni qo’llab quvvatlamaydilar, u (Obama) Amerika xalqini bunga ko’ndira olmadi”, – dedi rais.

Aynan shuning uchun ham Beyner, davlat rahbarining millatga qiladigan bugungi murojaati juda muhim ahamiyatga ega, deb xisoblaydi. Respublikachilar etakchisining so’zlariga ko’ra, Kongress prezidentni qo’llab quvvatlashi ayni vaqtda o’ta muhimdir. Beyner davlat ierarxiyasida prezidentt va vitse-prezidentdan keyin uchinchi shaxs xisoblanadi.

Suriya kimyoviy qurolini xalqaro nazorat ostiga topshirish xususidagi Rossiya taklifini sharxlar ekan, Beyner, “diplomatiya harbiy amaliyotdan doim afzal turadi”, deya qayd qildi. Shu vaqtning o’zida u bu tashabbusni amalga oshirish xususida shubxa bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.