Xindular bilan musulmonlar o’rtasidagi to’qnashuvlarda 20ga yaqin kishi qurbon bo’lgan.

598
0

0

9 sentyabr kuni Xindistonning shimoliy shtati Uattar-Paradeshga xindular bilan musulmonlar o’rtasidagi zo’ravonliklar to’lqinini to’xtatish uchun mingdan ortiq harbiy safarbar qilindi. Okrugning uch rayonida komendant soati e’lon qilingan.

Avgust oyining oxirlarida boshlangan tartibsizliklar natijasida shu kunga qadar 20ga yaqin odam qurbon bo’lgan, jarohat olganlar 50 kishidan ortiq.

Payshanba kuni bir musulmonni o’ldirgan ikki xind yigiti musulmonlar tarafidan o’lgunga qadar kaltaklangan. Shanba kunga kelib xindular bilan musulmonlar o’rtasida to’qnashuvlar kuchayib ketgan. Shundan keyin hukumat tinchlikni saqlash uchun armiyani ishga solish qarorini qabul qilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, politsiya 300ga yaqin kishini diniy nizo chiqarishlikda ayblab qamoqqa olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.