Mujohidlar bayonoti

639
0

1378617322_1

Suriya tuproqlarida Asadga qarshi jang olib borayotgan Islomiy jamoalar bir joyda to’planib G’arbning hujumiga qarshi bayonot berishdi. Ularning ma’lum qilishicha, G’arb Suriya rejimiga zarba berish bahonasida Asadga qarshi kurashayotgan mujohidlarni nishonga olmoqda. Mujohidlar Allohdan boshqa hech kimga bo’yin egmasliklarini ochiqladilar.

Ularning bayonotida shunday deyiladi:

“Bismillahir rohmanir rohim! G’arbning Suriyaga harbiy aralashuvini rad etamiz. Biz mujohid jamoalar va Shom o’lkasini himoya qiluvchi faol jamoalar qo’zg’olonimizga qarshi G’arb tomonidan uyushtiriladigan barcha ishlarga qarshi ekanligimizni e’lon qilamiz va har qanday harbiy aralashuvni rad etamiz. Bu hujumni Islomiy ummatga va muborak Shom o’lkasiga qaratilgan yangi bir hujum deb e’tibor qilamiz.

Muxolif harakatlardan – ichkaridagilardan bo’lsin yoki tashqaridagilardan bo’lsin – kim G’arbning harbiy aralashuviga dastak bersa, ular bilan oramiz ochiqdir. Barchaga shuni aytib qo’ymoqchimizki, Amerika, Yevropa va Rossiyaning Falastinda, Iroqda, Afg’onistonda, Kavkazda, Malida, Chechenistonda va boshqa Islom erlarida amalga oshirgan jinoyatlarini aslo unutmang. Shubhasiz shuncha narsalardan keyin ham musulmonlarning dushmanidan yordam istayotganlar Allohga, payg’ambariga, shahidlarning qonlariga, halok bo’lgan ayollar, qarilar va yosh go’daklarga xiyonat qilgan bo’ladilar. Shuningdek yana shuni ma’lum qilamizki, bu davlatlar, xususan Amerika musulmonlarni ommaviy qing’in qilishi uchun Asadga kimyoviy qurolni ishga solishiga yashil chiroqni yoqib berdi. Ular shu tarzda o’zlarining har turli hujumlariga qonuniy tus berishni rejalashtirishdi.

Biz bor kuchimiz bilan ularga qarshilik ko’rsatamiz. Insha Alloh ular chekinishga majbur bo’lishadi. To shahodatga erushgunimizcha kurashni davom ettirishga Allohga ahd beramiz, istasa g’olib qiladi, istasa shahodatga erishtiradi. Allohdan boshqaga bo’yin egmaymiz va Allohdan boshqasidan yordam so’ramaymiz. Biz Allohning va’dasiga chin qalbdan ishonamiz.

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qiladilar va Menga biron narsani sherik qilmaydilar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

http://www.youtube.com/watch?v=02i4F6wX2pE

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.