Misrga hammamiz sig’amiz

395
0

1

Rumonline.net sayti Britaniyaning “The Independent” gazetasining muxbiri Robert Fiksning so’zlariga tayangan holda tarqatgan xabarga ko’ra, AQSh Misr bosh qo’mondoni general As-Sisiga Birlashgan Arab Amirliklaridan siyosiy boshpana so’rashni va Mursiyni prezidentlik mansabiga qaytarishni taklif qilgan.

“Rum” informatsion agentligining xabariga ko’ra, AQSh Misr muvaqqat xukumatini ogohlantirib, “harbiy to’ntarish har qanday holda ham inqirozga yuz tutadi. Chunki genral As-Sisi ham, Muxammad al-Baradiy ham, “Musulmonlar Birodarlar” xarakati kabi ommaviy kuchlardan (ya’ni xalq kuchidan) foydalana olishmayapti, shu sababli bu harbiy hukumat baribir engilishga majbur”, deya ta’kidlagan. Ammo hozirgi vaqtgacha As-Sisining o’zi ushbu xabarni izohlaganicha yo’q.

Ayni paytda general As-Sisi “Musulmon birodarlar”ga qarata “Misrga hammamiz sig’amiz”, deya murojaat qilar ekan, Mursiy tarafdorlarini demokratik yo’nalishga qaytib, siyosiy jarayonlarni davom ettirishga chaqirdi. Biroq harbiylar va xavfsizlik kuchlari o’lkadagi zo’ravonliklarga nisbatan tek qarab tura olmasligini bildirdi.

Eslatib o’tish joizki, Bu As-Sisiyning Misr harbiylari va xavfsizlik kuchlari tomonidan tinch namoyishchilar qirg’in qilinganidan keyingi birinchi murojaatidir.

“Vorld Bolton” saytining xabariga ko’ra, qumondon As-Sisiy harbiy masu’llar bilan uchrashib, agar davlat muxoliflari o’z pozitsiyalarini o’zgartirmasa mamlakat zulmat va boshi berk kuchaga kirib qoladi, deb bildirdi.

Turkiston:

AQShning iflos pozitsiyasiga e’tibor bering, u As sisi va Baradeylar “Birodarlar” jamoati singari atroflariga xalq quvvatini to’play olmaganlari sababli, taxtni topshirishni taklif qilyapti.

Demak u bu hokimiyat vakillaridan, musulmonlarga qarshi xalq ichidan quvvat to’plashlarini kutgan yoki taklif qilgan. Qirg’in musulmonlar aro fuqorolar urushiga aylanishi balki ularni qanoatlantirgan bo’larmidi! Aksiga olib, harbiylarni xalq deyarli qo’llab chiqishgani yo’q. Endigi vaziyat esa, G’arbparast harbiylar bilan vaqtinchalik hukumatga qarshi butun xalq qo’zg’aloniga aylanib ketish arafasida.

AQSh bu vaziyatdan chiqish uchun, tezlik bilan Mursiyni joyiga olib kelishni taklif qilmoqda. Misrda deyarli siyosiy bo’shliq paydo bo’lib bormoqda. Bu esa, musulmonlarni Suriyadagi kabi rodikallashtiraveradi. Ular Mursiyni taxtga qaytarishdan, Islomni saltanatga olib kelish talablarini qo’ya boshlashadi. AQSh xozir ham o’sha kuchlar kengayib borayotganini biladi. U Mursiyni taxtga qaytarib, rodikal musulmonlar bilan Mursiyparast islomchilarni bir biriga qarama qarshi qo’ymoqchi. Mursiy taxtga qaytishi bilan mamlakatdagi xozirgi xaus xolatiga barham berish uning zimmasiga topshiriladi. Xatto mamlakat Mursiy tomonidan ancha islomiylashtirilishi ham mumkin. Lekin tuzm kufrligicha qoladi. Bunga albatta juda ko’p musulmonlar rozi bo’lishmaydi. AQSh shu vaziyatdan foydalanmoqchi. U kutilayotgan xalq inqilobiy xarakatini, musulmonlar aro fitna urushiga aylantirmoqchi. Lekin kufrning makri Allohning makri oldida pashshachalik quvvatga ega emas. Insha Alloh nusrat keldi, ular mag’lub bo’lishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.