Tinch namoyishchilar qirg’inga uchradi

312
0

0.0

Nahza va Robia maydonidan kelgan ishonchli xabarlarga ko’ra, namoyishchilar erta tongdan qonli hujumga uchraganlar. Aytilishicha, hujum birinchi lahzalaridayoq dahshatli suratda boshlangan. Namoyishchilar qo’ygan to’siqlarni olib tashlagan buldozerlar chodirlarga qarab yurish qilgan. Buldozerlarni to’xtatish uchun ba’zi namoyishchilar unga qarata toshlar otishgan.

Rasmiylar namoyishchilardan 15 kishi halok bo’lganligini aytmoqda, biroq “Musulmon birodarlar” jamoasi yuzdan ortiq namoyishchilar o’ldirilganligini va minglagani yaralanganligini aytmoqda. Bir necha soatdan beri tinmayotgan o’q ovoziga ishora qilgan “Hurriyat va adolat” partiyasining etakchisi 300 kishi o’ldirilganligini aytgan.

Al-jazira tasvirchisi Muhammad Zakiyning aytishicha, Robia maydoni har tarafdan o’rab olingan, maydondan chiqqan kishi o’ldirilgan.

Xavfsizlik xodimlari tomonidan o’rab olingan maydon ichida qo’lidan jarojat olgan Zakiy namoyishchilar maydondan chiqa olmaganligini va o’zi doxil jarohat olgan kishilar muolaja oilishga imkon topa olmaganini bayon qildi.

Tasvirchi o’zi guvoh bo’lgan holatlar haqida gapirar ekan, maydon ichida barpo qilingan vaqtinchalik shifoxona jasadlar bilan to’lganligini va politsiya tomonidan ko’zdan yosh oqizuvchi gazli bombalar ushbu shifoxonaga ham uloqtirilganligini bildirdi.

Tasvirchi Zakiyning ma’lum qilishicha, binolar tomlariga joylashib olgan qurolli kuchlar maydondagi nimoyishchilarga qarata o’q uzgan. “ular namoyishchilarni nishonga olishdi. Ularga nisbatan go’yoki, Misrlik emas, begonalardek muomala qilishdi”, deydi guvoh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.