Masjidlarda jihodga da’vat qilish ta’qiqlandi

305
0

0.0

Islom va musulmonlar nazarida muqaddas sanalgan jihod Quvayt vaqflar vazirligi tomonidan jinoyat sifatida ko’rilmoqda.

Islomiy ishlar va vaqflar vazirligining vakili Odil Fallohning bildirishicha, vazirlik masjidlarda qilanayotgan ma’ruzalarni nazorat ostiga oladi. Imomlarning yoshlarni janglar davom etayotgan o’lkalarga borib jihod qilishga targ’ib qiladigan ma’ruzalar qilishiga yo’l qo’ymaydi. U “Ar-ra’y” gazetasiga bergan intervyusida imomlar va xatiblar ustdan yoshlarni jihodga da’vat qilganligi borasida shikoyat tushganligini rad qildi.

Ayni vaqtda vazirlik imomlarning masjidlardan tashqarida, masalan tivittr kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodga da’vat qilishlarida ular ustidan nazorat o’rnata olish imkoniyati yo’qligiga ishora qildi.

Sobiq vazir, hozirda esa deputatlik vazifasini o’tayotgan Ali Bag’liy ayni mavzu haqida shunday dedi: “afsuslar bo’lsinki, ba’zi masjidlarning imomlari bu muqaddas makondan yoshlarni jihodga targ’ib qilish yo’lida foydalanmoqda. Yoshlar ularning gapiga kirib, Suriya kabi mahalliy urushlar davom etayotgan joyga borishadi va bir tarafga qo’shilib ikkinchi tarafga qarshi urushga kiradi. Bu qabul qilib bo’lmaydigan ishdir”.

Bag’liy yoshlarni jihodga da’vat qilayotgan deputatlar haqida so’z yuritar ekan, “Ammo deputatlar diplomatik daxlsizlikka ega. Ularning qo’lidan daxlsizligi olingandan keyingina mahkamaga tortish mumkin”, deya bildirdi.

Sobiq vazir Jihodga targ’ib qilgan kishini jazoga tortadigan qonun yo’qligiga ishora qilib, buning uchun qattiq afsusda ekanligini yashirmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.