Arab bahorining oqibati nima bilan tugashi mumkin?!

505
0

0

Suriyadadagi vaziyat kundan kunga taranglashib bormoqda. Osonlikcha tinchimaydiganga o’xshaydi. Mojaro qo’shni davlatlarni ham o’z domiga tortish arafasida. Buning oqibatida mintaqada geosiyosiy o’zgarish vujudga kelishi haqida taxminlar mavjud. Siyosiy tahlilchilar arab bahori mintaqa xaritasini o’zgartirishi mumkinligi haqida gapirishmoqda. Agar shunday bo’lsa, so’nggi bir asr mobaynida ilk bor Yaqin Sharq xaritasi o’zgarishi mumkin.

Tahlilchilarga ko’ra, Arab bahorining geosiyosiy oqibatlari haqida gapirishdan oldin bu erlarning tarixiga bir nazar tashlash lozim.

Qariyb 100 yil ilgari Birinchi jahon urushida Angliya boshchiligidagi g’arb davlatlari hozirgi arab bahori yuzaga kelgan erlarga egalik qilgan Xalifalik davlatini qulatgan edi. O’shandan buyon Islom erlarini Suriya, Liviya, Iordaniya va Falastin kabi mayda davlatchalarga bo’lib tashlab o’zining hukmronligini o’tkazib kelmoqda.

Siyosatdon Maykl Klark bugungi vaziyatga to’g’ri baho berish uchun ana o’sha tarixni bilish kerak, degan fikrda. “Biz bilgan arab dunyosi 1916-yilda Britaniya va Frantsiya imzolagan kelishuv natijasida vujudga kelgan. O’shandan beri hech narsa o’zgarmadi. 1948-yili Isroil davlatini barpo etishdi. Boshqa biror strategik o’zgarish bo’lgan emas. Mana endi 2013-yilga kelib, o’zgarishga guvoh bo’lib turibmiz”, – deydi siyosatdon.

Maykl Klarkning hisobiga ko’ra, Arab bahori natijasida yuzaga kelgan kuchlar Yaqin Sharq xaritasida o’zgarish yasaydi.

London Iqtisodiyot oliygohidan Robert Lou fikricha, Suriya ichki urushlar oqibatida parchalanib ketishi mumkin. Aammo tahlilchi Sa’d Javod bu fikrga qo’shilmaydi. “Mamlakatni bo’lib tashlash haqidagi gaplar partiyalardan chiqadi, aholi bu g’oyani qo’llab-quvvatlamaydi”, – deydi tahlilchi Javod.

Arab dunyosidagi inqiloblar hali qiyomiga etmadi. Isyonlar qanday oqibatlarga olib kelishini vaqt ko’rsatadi, deya xulosa qilishmoqda sharhlovchilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.