Saudiya Arabstoni Rossiya bilan Suriya xususida savdolashmoqda.

320
0

1

Saudiya Arabstoni razvedkasi boshlig’i shaxzoda Bandar ibn Sulton Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog’ida, agar Moskva Bashar Asadni qo’llab quvvatlashini kamaytirsa evaziga Rossiyaga iqtisodiy imtiyozlar paketini taklif qildi. Taklif rus prezidentiga o’tgan xaftada qilingan, ma’lum qiladi Press TV.

Saudiya Arabstoni 15 mlrd dollargacha narxdagi rus qurolini sotib olishlikni taklif qildi, shuningdek Fors ko’rfazi gazi Yevropa bozorida Rossiya gaziga raqobatlik qilmasligini va’da qildi. Buning evaziga Rossiya Suriya hukumatini qo’llab quvvatlashligini kamaytirishi va BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo’xroni xususidagi qarorlarini bundan keyin to’sib qo’ymaslikka va’da berishi kerak bo’lardi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotga xozircha hech qanday izoh berganicha yo’q.

Eslatib qo’yish joizki, 2011 yilning martidan buyon davom etayotgan, Rossiya Asadni harbiy uchoq va raketalar bilan ta’minlayotgan, muxolifatga esa G’arbning “shartli quroli” etkazib berilayotgan bu urushda 100 mingdan ortiq musulmon qurbon bo’lgan, shuningdek 8 millionga yaqin odam o’z turar joylarini tashlab chiqib ketishga majbur bo’lgan. Muxolifatga etkazib berilayotgan qurolning shartliligi shundaki, jangari bu arzimagan qurol bilan rus uchoqlari va raketalariga qarshi chiqadiyu halok bo’ladi.

Turkiston:

Yuqoridagi shaxzodaning taklifi, o’rinli ham maqsadga muvofiq ham emas.

O’rinli emasligi, Asadga Rossiya emas, butun katta kufr davlatlari hamfikrlikda yordam berishyapti. Ularni bu spektakldagi rollari har xil bo’lishiga qaramay, maqsadlari bir.

11 sentyabrdan keyingi AQShning Afg’oniston va Iroqqa urush ochayotganida dunyo davlatlarining deyarli barchasi qarshi chiqishganini eslang. Shunda AQShning o’zi hammasiga bas kelibgina qolmay, ularni koalitsiya bo’lib o’ziga yordam berishga unday olgan edi.

Asadning rejimi va uning atrofidagi katta va mayda bir necha quvvatlar AQSh xoxlasa bir zumlik ish, u barchasini to’xtata oladi. To’xtatmay balki yordam ham berib kelayotganining sababi, ilgari aytganimizdek, o’rnini egallay oladigan siyosiy va o’ziga tobe’ quvvatni topa olmayotganidan.

Xalqaro siyosatga aralashishga intilayotgan yuqoridagi shaxzodaning xarakatlari esa, G’arb tomonidan yo’naltirilgan bo’lib, Rossiyani pastga urish maqsadidagi iqtisodiy pora taklif qilingan. Bu Saudlarning bir shaxzodasi tomonidan, Rossiyani xalqaro siyosatdan voz kechishlikka va o’zining darajasida arzimagan pul ilinjida agrar davlatlar kabi ish tutib yuraverishni taklif qilish bilan, uni dunyo oldida iqtisodiy manfaatlar Asadga yordam berishga undayotgandek ko’rsatishga uringan.

Rossiya bu taklifdan voz kechishi aniqroq. Lekin o’shanda ham, dunyo hamjamiyati oldida Suriyadagi xunrezliklarning barchasiga Rossiyaning hissasi juda katta degan tushuncha singib boradi. Arab va musulmonlarning nafrati ham Rossiyaga nisbatan yanada ortadi.

Bu xatto Rossiyaning ichki musulmon respublika va grajdanlarining muomilalariga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.