Hizbut Tahrirning Afg’onistondagi matbuot bo’limi

442
0

01

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Hizbut Tahrir – Afg’oniston viloyati

Islomiy Ummatni kirib kelayotgan muborak ramazon hayiti bilan tabriklaydi!

Allohga hamd bo’lsin, U Kifoya qiluvchi Zotdir, Uning tanlangan bandalariga salotu salom bo’lsin va ba’d!

Hizbut Tahrir – Afg’oniston viloyati a’zolari Hizbut Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga, butun Islomiy Ummatga, xususan olamning barcha tomonlarida da’vatni ko’tarib chiqib Xalifalik davlatini tiklashga harakat qilayotgan birodarlarga muborak ramazon hayiti (iyd fitr) kirib kelayotgani munosabati bilan qizg’in tabriklar va zo’r tilaklarni yo’llaydi… Barchangizga har yili yaxshilik bo’lishini tilab qolamiz. Alloh bizga va Islomiy Ummatga yana nusrat va g’oliblik ato etsin.

Alloh Subhanahuga hamdlar aytamizki, Islomiy Ummat islomiy olamda o’zgarish yasash istagida inson o’ylab topgan barcha fikrlarni tajriba qilib o’tkazib ko’rdi. Mana hozir u zo’ravon boshqaruv davridan chiqish arafasida turib Rosululloh A minhoji asosidagi roshid Xalifalik sari talpinmoqda. Zero bu Ummatga mana shu o’tish davri bosqichida kufr fikrlarining fasod va botil ekanligi shundoq ko’rinib qoldi. Qolaversa biz Misrda islomchilar demokratiyasiga nima bo’lganini o’z ko’zimiz bilan ko’rib turibmiz.

Kofir G’arb ustimizga o’zi etishtirgan ikki turdagi mahsulini zo’ravonlik bilan yuklagan edi. Islomiy Ummatning aqliyu jismini buzish uchun shunday qildi. Birinchisi malay hokimlar bo’lsa, ikkinchi Ummatni G’arbning fasod fikrlariga taslim bo’lib, bo’yin egishga ko’niktirish bo’ldi. Ammo Islomiy Ummat o’tgan asrning elliginchi yillarining boshidan boshlab o’zining aqidasi asosida Islomiy uyg’onish sari qadam tashladi. Ummat avvalo millatchilik, vatanparvarlik, demokratiya, ilmoniylik, erkinlik, fuqarolik jamiyati, inson huquqi, globallashtirish, erkin bozor, fuqarolik davlati, hazoratlar va dinlar o’rtasidagi dialog kabi chetdan eksport qilingan iflos fikrlar va tushunchalarni va shularga o’xshash boshqa iflos fikrlarni tajriba qilib ko’rdi, ularning shar’an haromligini bildi. Ummat bu fikrlarning siyosiy jihatdan fasod ekanini ham tajribadan o’tkazdi.

Shundan keyin Ummat G’arbning salibchilik koalitsiyasiga qarshi, malay hokimlarga, tatbiq etilayotgan kufr nizomlariga qarshi kuchli qo’zg’olonlar ko’tardi. Shom qo’zg’olonini mustasno qilganda G’arb bu qo’zg’olonlarni boshida jilovlab olishga muvaffaq bo’ldi. Ammo qo’zg’olonlarning ikkinchi bosqichida bu qo’zg’olonlar hamon davom etmoqda. Islomiy Ummat o’z taqdirini bitta geografik mintaqada tiklanajak Islomiy davlatda islomiy aqida asosida belgilash imkoniga ega bo’lishi uchun bu qo’zg’olonlar davom etmoqda. Islomiy Ummat mustamlaka kishanlaridan va mal’un qul qilish asoratlaridan xalos bo’lishi uchun bu qo’zg’olonlar davom etmoqda. Bugina emas balki bandalarni bandalarga qul bo’lishdan bandalar Robbisiga qul bo’lishga, dinlar jabr zulmidan Islom adolatiga olib chiqish uchun bu qo’zg’olonlar davom etmoqda.

Biz Amerika va NATO tomonidan bosib olingan Afg’onistondagi musulmon, mujohid xalq nomidan qo’zg’olon ko’targan yurtlardagi musulmonlarni roshid Xalifalik davlatini tiklashga chaqirishda Shom qo’zg’olonidan o’rnak olishga chaqiramiz. Shuningdek biz qolgan Ummatni kofir G’arb fikrlarini rad etishga, malaylarni uloqtirib tashlashga, o’tish davri bosqichida roshid Xalifalikka asos solish sari talpinayotgan roshid qo’zg’olonchilar karvoniga qo’shilishga ham chaqiramiz. Xalifalik tiklanishi bilan nafaqat Afg’oniston zulm, mustamlaka va fasoddan ozod bo’ladi, balki bosib olingan barcha yurtlardagi: Falastin, Kashmir, Sharqiy Turkiston, Checheniston, Somali, Iroq, Mali, Myanmadagi Ummat jarohatiga fath va g’alaba bilan malham qo’yiladi. Bu Alloh izni bilan yaqinda kirib keladigan Xalifalik armiyasi qo’li bilan amalga oshiriladi.

29 ramazon 1434h

7 avgust 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.