Nigeriyadagi portlashlardan 15 kishi haloq bo’ldi.

299
0

001

Nigeriya shimolidagi Qano shaxrida 30 iyul kuni bir qator portlashlar yuz berdi. «Boko haram» tashkiloti uyushtirgan bu amaliyotda 15 kishi qurbon bo’lganligini xabar qiladi Reyter agentligi huquqqo’rg’ov organlari vakilining so’zlaridan.

Agentlikka ko’ra, yakshanba kuni «Boko haram» jangarilari Chad ko’li qirg’og’idagi Baga qishlog’ida avtomatik qurollardan tinch aholini o’qqa tutib, 20 kishini o’ldirishgan.

Nigeriya prezidenti Gudlak Djonatan 14 may kuni mamlakatning Borno, Yobe va Adamava shtatlarida favqulotda holat e’lon qilgan. U erga Chad ko’li atrofidagi hududlarni jangarilardan ozod qilish uchun qo’shin safarbar qilingan.

Nomi «G’arbiy ta’limot – harom» degan ma’noni anglatadigan «Boko haram» Nigeriya shimolida Shariat normalarini o’rnatishlikni talab qilayotgan tashkilot, deb aniqlik kirgizadi agentlik. Bu fundamental tashkilot jangarilari bir necha yildirki, hukumatga qarshi urush olib boradi. Odaticha, ular nishonga armiya va politsiyaga aloqasi bor obektlarni oladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.