G’arbdan umidimizni uzdik

413
0

01

Suriya ozod armiyasining etakchisi Salim Idris G’arbdan tamoman umid yo’qligini oshkor qilishga majburligini bildirdi.

“Suriyadagi qo’zg’olonchi birodarlarimga chin ko’ngildan shuni aytishga majburman: G’arb o’lkalaridan Suriya qo’zg’oloniga qurol aslaha, zaruriy anjomlar va harbiy kumak kelishi mavzusida umidimizni tamoman yo’qotdik. Mamlakatning 70%i tamoman vayron bo’ldi. Shahid bo’lganlarning soni 160 minga etib qoldi. Uch milliondan ortiq Suriyalik qo’shni o’lkalarga qochib o’tdi. Besh millioni mamlakat ichkarisida uylarini tashlab boshqa joylarga ko’chib o’tishga majbur bo’lishdi. Biz G’arbdan qurol aslaha va zaruriy anjomlar kelishidan umidimizni uzdik, Ammo Allohdan umidimizni uzmadik”, dedi u qo’zg’olonchilarga qarata qilgan bayonotida.

Salim Idrisning aytishicha, Asad rejimining ba’zi o’rinlarda oldinga siljishiga Eron va Rossiyaning ishga aralashishi sabab bo’lmoqda.

“Qo’limizda Yamanlik, Pokistonlik va Afg’onistonlik shiyalarning Asad rejimi safida turib qo’zg’olonchilarga qarshi jang olib borayotganiga doir dalillar bor”, dedi Idris.

U Asad rejimining Eron va rossiyadan yordam sifatida katta miqdorda qurol aslaha va zaruriy anjomlar olganligini urg’uladi.

Uning aytishicha, Asad rejimi har o’n kunda Rossiya va Erondan 400 tonnadan ortiq yordam oladi. Harbiy anjomlarga to’lg’azilgan fuqaro tashuvchi samalyotlar Erondan uchib Suriya aeroportlariga qo’nadi va u erdan Asad kuchlariga etkaziladi.

Hizbulloh jangarilarining Halab va Dayruz-Zurda yana qayta jonlanib qolgani haqida gapirgan Salim Idris “Hizbulloh kuchlari Livan-Suriya chegaralaridan kirib kelayotgan bo’lsa, Iroq shialari Iroq-Suriya chegarasidagi At-Tanf chegara postidan kirib kelmoqda. Yaman, Pokiston va Afg’oniston shiyalari esa Erondan kelayotgan samalyotlar orqali kirib kelmoqda. Bundan tashqari Tartus portiga yuk olib kelayotgan Rossiya kemalari ham aksar hollarda Bayrut portiga to’xtab hizbulloh jangarilarini dengiz orqali Tartus Portiga olib kelmoqda. Bizga qarshi kurashayotganlarning ko’pchiligi Hizbulloh jangarilari va Eronlik shiya guruhlaridir”, deya ta’kidladi.

Turkiston:

Bu Allohning tariqati. U biz musulmonlarni shu tariqa sinaydi. Kufrni bizlardan qo’l tortishlari, siyosiy tomonlama ham, e’tiqodiy tomonlama ham oldindan aniq edi. Bu musulmonlar uchun xursandchilik xabar. Pokiza toza Islom ko’tarilayotgan joyga kufrning yordam berishi mumkin emas, bu mantiqqa ham to’g’ri kelmaydi. Maqsad kufrga barham berib, Islomni xayotga olib kelish bo’lsa, bu bosib o’tishimiz lozim bo’lgan tabiiy va to’g’ri yo’l. Bundan o’zga yo’llarning barchasi, kufrga yordam ko’rsatish ortidan keladi. Musulmonlar bugungi xorligimiz huddi mana shu kunni inkor qilib, kufrning madadi bilan Islomni oliy qilamiz degan hom xayollar ortida xarakatlanib kelayotganimizdan. Unday bo’lishi mumkin emas.

Payg’ambarimiz SAV oldilariga kelgan saxobalarni eslang. Ular “yo Rosulullox SAV duo qiling bizlarga Alloh engillik bersin” deganlarida, Payg’ambarimiz SAV “sizlardan ilgarigi ummatlarni changaklar bilan go’shtlarini terilaridan ajratilar va erga ko’mib boshlari ikkiga arralanar edilar, shu ham ularni iymonlaridan qaytarolgan emas, sizlar shoshilayabsizlar” degan edilar. Birodarlar Allohning nusrati, har birimizga oxiratdagi o’z o’rinlarimizni belgilab oladigan sharoitlarni berib, imkoniyatlarni ishlatib bo’lganimizda keladi. G’alaba har bir ishimizning og’irini xayrli tugatishimiz ortidan keladi.

Balki bundan ham yomon kunlar kelar. Bizni Alloh xaqni tanib, uni oliy qilish orqali oxiratimizni obod qilish sari tashlagan qadamlarimizni sobit qilsin, malomatchining malomati bizlarni haq yo’ldan toydirib qo’ymasin, shu yo’lni topolmay adashib yurgan birodarlarimizni ham Alloh to’g’ri yo’liga hidoyatlab qo’ysin, yuqoridagi boshiga qattiq sinovlar tushib turgan birodarlarimizga Alloh sabru jamil ato etib, ularga ham ilgarigilarga ato etgan yaxshiliklardan ato etsin AMIIN!!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.