AQSh, Rossiya va Britaniya Asadning hokimiyatda qolish tarafdori

316
0

01

Suriya haqida bayonot bergan paytda doim “Suriya kelajagini suriyaliklarning o’zlari belgilashadi”, deb ta’kidlashni unutmaydigan kimsalar o’zaro kelishib Suriya kelajagini belgilashga urinishmoqda.

Iroq tashqi ishlar vaziri Xushyor Zebariy “Ash-Sharq ul-Avsat” gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, Rossiya federatsiyasi va Amerika qo’shma shtatlari “Jneva 2” konferentsiyasi doirasida, Suriya prezidenti Bashar Asad prezidentlik muddati tugagunga qadar, ya’ni 2014 yilgacha hokimiyatda qolishi haqida kelishib olgan.

Britaniya hukumati ham Suriya rejimini qulatish uchun faoliyat olib borayotgan muxolifatni qurol bilan ta’minlash rejasidan voz kechib, Bashar Asadni hokimiyatda qolishi tarafdori ekanligini bildirdi.

Hukumatga yaqin manbalarning biri Reyterz axborot agentligiga aytishicha, Britaniya har qanday holatda va har qanday shaklda muxolifatni qurol aslaha bilan ta’minlamaydi.

“Boshda biz Asad hukumati faqat bir necha oy chidab turishi mumkin deb o’ylagan edik. Lekin endi o’ylashimizcha, uning hokimiti bir necha yil davom etadi”, dedi u.

Britaniya bosh vaziri Devid Kemiron o’tgan oyda agar milliy qurolli kuchlarini xatarda qolganini sezsa Britaniya Suriya ishlariga aralashish huquqini o’zida saqlab qolishini e’lon qilgan edi.

Britaniyaning bunday o’zgarib qolishiga qurol aslahalarni – ularning ta’biri bilan aytganda – islomiy ekstrimistlarning qo’liga tushib qolishdan xavfsirashi asosiy sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Turkiston:

Britaniyaning pozitsiyasi, aslida barcha kufr etakchilarni xoxishini ifodalagan. Lekin ochiq iqror bo’lish boshlanishi, bu ularning boshqa choralari qolmayotganidan va Islomga qarshi bor sharoitlaridan foydalanish yo’liga o’tishmoqchi ekanliklarini ifodasidir. Bu cho’kayotgan odamni xas cho’pga osilayotganini eslatadi.

Ularga farqi yo’q Asadmi yoki muxolifotmi, qizig’i kufr sistemasiga rioya qilsin. Demak ichki kuchlardan umidlarini uza boshlashgan. Lekin Britaniyaning bu xarakatlarini Turkiyada va Misrdagi AQSh bilan o’rtalaridagi kelishmovchilik xolatlariga bog’lash ham mumkin. Farqi yo’q, bu bayonotlarni kufr olami qo’llasin deb aytilgan. Kufr olami esa yuqoridagi xolatga tushmaguncha Britaniyani qo’llamaydi. Demak u vaziyatdan kelib chiqib yo AQShni noqulay vaziyatini ochib tashlamoqchi yoki vaziyat barchasi uchun o’ta xavfli. Xar ikki xolatda ham, Asaddan boshqa musulmonlar bilan ular uchun kurashib beradigan quvvat topilmayotgani biz musulmonlar uchun o’ta xursandchilik xolat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.