12 yil o’tib AQSh va NATO maqsadiga erisha oldimi

287
0

12

2014-yildan keyin AQShning Afg’onistondagi roli hanuz mavhumligicha qolmoqda. Xabarlarga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Afg’onistondan askarlarini ertaroq va butunlay olib chiqish haqida bosh qotiryapti. Birorta ham askar qoldirmasdan Afg’onistonni tark etishi ehtimoli ham bor.

Bu borada muzokaralar bo’laëtgan bir paytda¸ AQShning NATOdagi sobiq elchisi Kurt Volker bunday harakat oqibatlari ayanchli bo’lajagini ta’kidladi.

– “Ochig’ini aytsam¸ bunday reja amalga oshgudek bo’lsa¸ buning oqibati barchamiz uchun halokatli bo’ladi. Men shaxsan bu narsaga ehtimol ham bermayman va AQSh rahbariyatining ayni shu yo’lni tanlashiga ishonmayman. 2014 yildan so’ng ham afg’on xavfsizlik kuchlariga madad beruvchi¸ aksil-terror amaliëtlarini quvvatlovchi harbiy kuchlar qoladi¸ deb o’ylayman”, dedi Kurt Volker.

Amerika 12 yil davomida Afg’onistonda nimalarga erishdi? Ko’pchilikni shu kabi savollar qiziqtirmoqda.

2001 yilda AQSh etakchiligidagi NATO qo’shinlari Afg’onistondagi Tolibon hukumatiga qarshi keng ko’lamli harbiy amaliët boshlaganida¸ bundan maqsad Afg’onistonning terrorchi va ekstremistlardan tozalash ekanini iddao qilgan edi. Oradan 12 yil o’tib¸ AQSh va NATO bu maqsadga erisha oldimi?

Bu savolga Kurt Volker “yo’q” deb javob beradi:

– “Hozirgi sharoitga qarab¸ men bu maqsada erishildi¸ deb ayta olmayman. O’zi avval-boshdan bu amalga oshirish juda qiyin ish edi”, deydi AQShning NATOdagi sobiq elchisi Kurt Volker.

Ayni paytda respublikachi senator Bob Korker Karzayning ayrim xatti-harakatlarini ahmoqona deb atadi va kelgusi yili Afg’oniston yangi rahbarga ega bo’lishini eslatib o’tdi. “Men ma’muriyatdan Karzaydan keyingi davrni ham hisobga olishini so’rayman. Aprelda Karzay ketadi. O’z milliy manfaatlarimizni o’ylab, dunyoning etakchi davlati sifatida aniq qarorlar qabul qilishimiz kerak”, – deydi senator Korker.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.