Kimligidan darak bermoqda?!

582
0

123

Keyingi paytlarda diniy motivlar bo’yicha ayblanib O’zbekiston qamoqhonalarida o’tirgan dindorlarning yaqinlariga ularni borib ko’rish yoki oziq ovqat jo’natish og’ir muammoga aylanib bormoqda.

www.hizb-uzbekistan.info saytidan olingan xabarga ko’ra, Toshkent viloyatidagi “Tovoqsoy” jazoni o’tash muassasiga yaqinlarini ko’rgani borgan muslima ayollar, qamoqxona mutasaddilari tarafidan ro’molini echishga majburlamoqda. Agar o’sha mazluma ayollar ro’mollarini echmasalar, qamoqxona nozirlari u ayollarni qamoqdagi erining yoki yaqinlarining oldiga kiritishmaydi. Bu ham etmagandek, “159”-modda bilan senga ham jinoiy ish qo’zg’aymiz” deb qo’rqitishib, besh-o’n chog’li harbiy va ichki ishlar xodimlari uning yolg’iz o’zini o’sha erdagi xonalardan biriga olib kirishib masharalashmoqda, Muslima ayollarni izzat-nafsoniyatini toptalashmoqda.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 79 yashar Vazira Alimovaning Ozodlikka aytishicha, uning “Xizb ut-Tahrir”ga a’zolikda ayblanib 15 yilga qamalgan va jazo muddatini Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida o’tayotgan o’g’li Isroil Alimovga yuborgan oziq-ovqat jo’natmalari ortga qaytmoqda.

“Jo’natgan peredachalarim 3 marta qaytib keldi. Vaqtidan oldin kelgan, deyishayapti. Men uchinchi oyda jo’natganman. 3 oyning ichida bitta uzoq muddatli, bitta qisqa muddatli posilka, bitta banderol jo’natishga haqim bor.”, deydi Vazira opa.

Negadir har yili ramazon yaqinlashganda O’zbekiston qamoqhonalaridagi zulmlar sezilarli darajada kuchaytiriladi. Bunday ishlar sizningcha, Prezident Karimov va uning gumashtalarining kimligidan darak beradi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.