Musulmon birodarlar maydonni tark etmoqchi emas

310
0

0

Musulmon birodarlar jamoasining bosh murshidi Muhammad Badi’ maydonda yig’ilganlar oldida so’zga chiqib “Musulmon birodarlar jamoasi va uning tarafdorlari qonuniy yo’l bilan saylangan prezidentimiz Muhammad Mursiy mansabiga qaytmagunicha maydonda qolaveradi”, deya bildirdi.

Bosh murshid Demokratiya bilan Islomiy boshqaruv qaytib kelmasligini bilsa ham, hatto bo’layotgan hodisalar buni amalda yana bir bor tasdiqlab turgan bo’lsa ham, Mursiy qaytmaguncha maydonda qolishini bildirdi.

“Bizning bu turishimiz bitta shaxsni himoya qilish uchun emas, garchi u shaxs biz uchun aziz bo’lsa ham”, dedi u Mursiyga ishora qilib.

Uning ta’kidlashicha, xalq qo’zg’olonni davom ettiraveradi.

Bosh murshid harbiylarga qarata “Ey Misr qo’shini, biz sizni ortingizda turib himoya qilamiz. Siz ham bizni dushmandan himoya qiling, tinch namoyishchilarga qarata o’t ochmang”, deya murojaat qildi va ularni misrliklar qalbidan joy olishga chaqirdi. Xabarlarda aytilishicha, harbiylar tomonidan namoyishchilarga qarata o’t ochilishi oqibatida o’lganlar va yaralanganlar bor.

Murshiddan oldin so’zga chiqqan jamoat etakchilaridan biri “Hurriyat va adolat” partiyasi raisining noibi Isom Uryon “biz hukumatni tortib olganlar bilan hamkorlik qilmaymiz, ittifoqdoshlarimizni ham ular bilan hamkorlik qilmaslikka chaqiramiz. Inqilobni dastaklayotganlarni haq yo’lga da’vat etamiz”, dedi

G’arb esa Misr hokimiyati harbiylar qo’lida qolishidan xavotirda. NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Misr bo’hroni va to’qnashuvlardan xavotir bildirib, Misrda harbiylarning davlatdan uzoq turishini va noharbiylanhokimiyatni qo’lga olishini talab qildi. AQSh esa Misr hokimiyati harbiylar qo’lida turishi unga beriladigan Amerikaning 1500 mlrd. Dollarlik yordamining kesilishiga sabab bo’lishidan ogohlantirmoqda.

AQShning ittifoqdoshi Turkiya ham bundan xavotirda. IRNA axborot agentligining xabariga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovud og’lu AQSh, Germaniya, Frantsiya va Angliya tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali suhbatda Misrdagi so’nggi o’zgarishlar va bu o’lka armiyasi kuchlarining jarayonlarda ishtirok etishidan xavotir bildirdi.

Tahlilchilarga ko’ra, Misrdagi voqealar Arab bahoridan keyin mintaqada yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.