T. Erdug’on: Mamlakatlarga qo’llov ko’rsatishlikda ikki hil standart mavjud.

376
0

1

Davlat to’ntarishlari qaerda yuz berishidan qat’iy nazar, agar ular xalq tanlagan hukumatga qarshi yo’naltirilgan bo’lsa, ularning nishoni xalq, uning kelajagi va demokratiya bo’ladi. Bunday fikrni Turkiya premer-ministri Toyip Erdug’on bildirdi.

“Qurol va ommaviipy axborot vositalariga tayanib ish tutganlar demokratiyani olib kelolmaydi. Millatning irodasiga qarshi chiqayotganlarning diktatordan farqi yo’q. To’g’ri, Muhammad Mursi xato qilgan bo’lishi mumkin. Biroq kim ulardan holi? Ammo bu xatolar badalini saylov qutichalari yonida to’laydilar. Albatta, saylovlar bilan ish bitdi degani emas. Biroq shu narsani niqob qilib nodemokratik uslublar qo’llashga hech kimga huquq berilmagan”, – dedi Erdug’on.

U barcha mamlakatlarni bu narsani oshkora suratda va vijdonan tan olishga chaqirdi va G’arbga hayron qolayotganligini bayon qildi. “G’arb shu vaqtgacha sodir etilgan narsani davlat to’ntarishi deb atamadi, u bu safar ham vijdonlilikka imtixon topshirolmadi. Ammo, shu bilan birga, men Afrika Ittifoqini tabriklayman – u Misrning a’zoligini to’xtatib qo’ydi. Manabuni pozitsiya desa bo’ladi”, – dedi premer-ministr.

Uning so’zlariga ko’ra, “olam oxirgi yil mobaynida Misrga bir qurushchalik ham foyda keltirolmadi, faqat Turkiya bilan Qatargina uni qo’llab-quvvatlab turdi”. “Aynan manashu yordam bermaganlar kalavaning uchini tortib-tortib turishdi”, – takidladi Erdug’on.

U, mamlakatlarga qo’llov ko’rsatish nuqtai nazaridan Gretsiya bilan Misrni solishtirdi. Erdug’onning belgilashicha, YevroIttifoq va Xalqaro valyuta fondi 10 mln axolisi bor Gretsiyaga 100 mlrd evro yuborgan va u xali ham oyoqqa turolmagan, 85 mln axolilik Misrga esa hech qanday yordam berilmagan. “Bu narsa ikki hil standartlar mavjudligiga dalil emasmi?”, – belgiladi u.

Shuningdek Erdug’on harbiy to’ntarish tarafdorlarining barchasini Turkiya tarixiga nazar solishlikka chaqirdi. “Biz boshqa mamlakatlarda ham bu narsaning qaytalanishini xohlamaymiz: Har bir harbiy to’ntarishdan keyin Turkiya o’nlab yillarga rivojlanishdan to’xtardi, iqtisod parchalanardi. Turkiya Misr hamda mintaqa mamlakatlariga ma’lumot oluvchi manbadir”, – takidladi Erdug’on.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.