Suriya milliy koalitsiyasiyuzaga kelgandan buyon g’arb va arab davlatlarini Asadga qarshi kurash uchun muxolif kuchlarni qurol aslaha bilan ta’minlashga chaqirib keladi.
G’arb esa turli guruhlarga bo’linib ketgan qarshilik harakatini qurol bilan ta’minlashni istamayapti. Keyingi paytlarda AQSh va uning Arab ittifoqdoshlari o’z maqsadlarini ochiq bildirmagan bo’lsa ham, qarshilik harakatini qurol yaroq bilan ta’minlashga qaror qildi.
Biroq Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan “Handaq” jamoasining etakchisi g’arb dunyosiga, xususan Amerikaga qarata ulardan kelayotgan qurol yaroq evaziga Jabhatun-Nusra jamoasi bilan jang qilmasligini bildirdi.
“Biz Amerikaga va g’arbga shuni aytib qo’ymoqchimizki, bizga yuboradigan qurollaringiz uchun Jabhatun-Nusradagi birodarlarimizga qarshi jang qilmaymiz. Ular ham Asad rejimini qulatish uchun faoliyat olib borayotgan mujohidlardir. Alloh ularni yaxshilik bilan mukofotlasin. Allohning o’zi to’g’risiga boshlovchidir”, deydi “Handaq” jamoasi etakchisi video murojaatida.
Ayni paytda Damashq yaqinidagi Kafar Suus shahrida mujohidlar tomonidan Suriya josuslik xizmati shtab kvartirasi portlatib yuborilgani natijasida kamida 10 ta yuqori lavozimli Asad qo’mondonlari yo’q qilinganligi aytilmoqda. Suriya axborot vositalari tarqatgan xabarlarda portlashlarda 9 mulozim o’lgani aytilgan. Ushbu o’lganlar ro’yxatida brigada generali Hafiz Maxluf, Asadning qarindosh akasi, Suriya armiyasining muhim razvedka mulozimi, prezident devonining Damashqdagi razvedka xizmati boshlig’i general Ahmad Dib va Suriya siyosiy razvedkasi boshlig’i Muhammad Dib ham o’lganligi e’lon qilindi.