Islomdin bo’lak bormi panohing?

404
0

images-33
Qalbingdan chiqmas erur so’zlaring,
Yashirolmasdir siring ko’zlaring.
So’ylasam nega burding yuzlaring,
Islomdin bo’lak bormi panohing?
*** *** *** *** *** *** *********
Bir tafakkur qilsangchi gunohing,
Oqilingdan ko’p erur gumrohing.
Haqdin bo’lak bormidir ilohing,
Islomdin bo’lak bormi panohing?
*** *** *** *** *** *** *********
Haqdin qochib ne ko’rding do’stim ayt,
Ko’rding zulm kofir hokim bo’lgan payt.
To’xta endi do’stim Xoliqqa qayt,
Islomdin bo’lak bormi panohing?
*** *** *** *** *** *** *********
Xitobim sizga ey aziz Ummat,
Haqqa qaytaylik, ushlaylik Sunnat.
Amallar o’zimizgadur hujjat,
Islomdin bo’lak bormi panohing?

Bilol

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.