Erdug’on hokimiyatiga qarshi namoyishlar to’xtamayapti

476
0

1

Turkiya janubidagi Gezi hiyobonida boshlangan aksil hukumat namoyishlar to’xtamayapti. Hukumat har turli chorasini qo’llamoqda. Politsiya kuchini ishga soldi, o’z tarafdorlarini maydonga olib chiqdi, bari bir to’xtamayapti.

“Dug’on” axborot saytining xabariga ko’ra, Erdug’on hokimiyatiga qarshi namoyishlar Turkiya janubidagi Mursin shahrida ham boshlangan. Ishga politsiya aralashib ularni yosh oqizuvchi gazlarni ishga solgani aytilmoqda. Shahar turg’unlarining politsiya bilan to’qnashuvi oqibatida ikkita muhbir, bir nafar politsiya hodimi va ham 14 namoyishchi jarohatlandi.

Taqsim maydonini ham namoyishchilar tark etishmagan. Ular politsiya tomonidan o’ldirilgan nimoyishchilarning o’lmiga sabachi bo’lgan kishilarni jazolanishini talab qilishmoqda.

Frantsiya ahborot agentligi tarqtagan habariga ko’ra, 28 iyunda Turkiyaning Lays shahridagi namoyishda yana bir kishi politsiya o’qidan halok bo’lgan.

Haftalab davom etgan namoyishlardan Turkiya iqtisodi jiddiy zarar ko’rgani aytilmoqda. Ayrim tahlilchilar fikricha, 10 yil to’xtovsiz o’sgan iqtisodiyotda charchoq alomatlari sezilyapti. Turk lirasining qadri AQSh dollariga nisbatan keskin tushib ketdi.

“Bir oy oldin Turkiya dunyoda eng jozibador bozor edi. U haqda doim imkoniyatlar mamlakati sifatida gapirilgan. Endi esa ehtiyotkorlik bilan munosabat qilishyapti”, – deydi “Global manba hamkorlari” tadqiqotchisi Attila Yesilada.

Turkiston:

Turkiya xaddidan osha boshlashi kimga yoqmadi? Uning mintaqada siyosiy va iqtisodiy lider bo’lishi kimning manfa’atlariga zid?

Albatta bu shu soxada Angliya boshchilik qiladigan Yevropa etakchi davlatlarining manfa’atlariga zid. AQShga sodiq xizmat qilishga bel bog’lagan Erdag’onning siyosati, Yevropani bazi bir iqtisodiy tomonlaridan AQShga qattiqroq bog’lanib qolishiga olib kelsa, Angliyaning siyosiy tomondan qo’lidan chiqib ketayotgan va xaligacha ta’sir quvvatiga ega siyosiy elitasini quvvatlab qo’yish manfa’ati bor. Ilmoniylik asosiga qurilgan bu siyosiy elita, xozirda o’z quvvatini ko’rsatmoqda.

Bu kurash AQShni angliya bilan xisoblashishga majbur qilish maqsadi borligidan tashqari, muvozanat buzulishini oldini oladi. Ya’ni butun mintaqa AQShning ta’siri ostiga o’tib qolishi mumkinligini. Buning uchun xatto Turkiyaning o’nikib kelayotgan va mintaqaga o’rnak qilib ko’rsatilishi maqsad qilingan siyosiy va iqtisodiy ko’rsatkichlari minusga qarab, ya’ni orqaga ketib qolishi ham ularni to’xtatib qololmaydi. Negaki Erdag’onning ustida borayotgan bu re’jalar, mabda’iy qiziqchilik ustida emas, balki AQShning o’z manfa’atlariga qarab yo’naltirilgan xarakatlardir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.