Armiya Mursiga mamlakat hududini tark etishlikni man qildi.

434
0

01

Misr harbiy kuchlari prezident Muhammad Mursiga, uning idorasi vakillariga hamda «Musulmon birodarlar» uyushmasining faollariga mamlakat hududini tark etishlikni man qildi.

Arafada, xalq chiqishlari kuchayib ketgan vaqtda, Sho’ro Kengashining islomchilar vakillaridan to’rt deputat oila a’zolari bilan shoshilinch ravishda Qohiradan Londonga uchib ketgan. «Musulmon birodarlar» uyushmasi rahbariyati a’zolarining barchasi xozir uy qamog’i holatida.

Harbiy kuchlar xavo va dengiz yo’llaridagi barcha harakatlarni o’z nazorati ostiga oldi. Undan tashqari, ular mahalliy banklar orqali olib borilayotgan barcha moliyaviy jarayonlarni kuzatib turishibdi va avvaldan belgilangan me’yordan oshiq pul o’tkazish operatsiyalarini to’sib qo’yishlikni va’da qilishmoqda.

Avvalroq, Mudofa’a ministri general Abdul Fattoh as-Sisi mamlakatning barcha siyosiy kuchlariga o’zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qilib olishlik uchun 48 soat muxlat bergan edi. Aks holda mamlakatdagi vaziyatni armiya o’z nazorati ostiga olishligini aytgan. Armiyaning qo’ygan bu qat’iy talabiga Mursi Al-Qubbo saroyidagi matbuot anjumanida javob aytishligini va’da qilgan.

Turkiston:

AQSh vaziyatdan chiqish uchun, Mursiyni uni birodarlari bilan qo’shib topshirishni rejalashtiradi.

Agar shu ishni kechiktirsa, vaziyat islomiylasha boradi va kurash demokratik buzuq sistemaga qaratiladi. Natija kurash Suriyadagi kabi Misrning xaqiqiy egalari bo’lgan va AQSh tomonidan boshqarilayotgan armiya generallariga qaratiladi.

Shuning uchun G’arb olami, bu qo’zg’alonlarni nahoyatda ehtiyotkorlik bilan Mursiy va birodarlar jamoasiga qarshi yo’naltirib ish olib borishadi.

Avvaldan aytganimizdek, Mursiy ularning qo’llaridagi bir qo’g’irchoq edi xalos. Xaqiqiy saltanat esa, xaligacha harbiylar qo’lida. Mursiy o’rnini kim egallashining ahamiyati yo’q. Faqat harbiylar o’z joyida turar ekan, vaziyat o’zgarmaydi. Albatta xozirgi vaziyatda.

Xarbiylar esa birortasini, Muborakni ham, Mursiyni ham xalqdan qo’rib qolishga qattiq kirishmadi. Demak ularning shu turgan o’rinlari, kamida AQShni qanoatlantiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.