G’arbning birdan-bir dardi faqat Isroil

505
0

0_67366_d7bec044_XL

Kun ora G’arb davlatlari xususan Angliya va Frantsiya tarafidan Suriya muxolif kuchlarini qurol aslaha bilan ta’minlash va cheklovlarni olib tashlash haqida bayonotlar yangrab turadi. Gohida ular Suriyada qirg’inga uchrayotgan begunoh insonlarga achinib ham qo’yishadi. Biroq kezi kelganda asl niyatlarini og’zilaridan gullab ham turishadi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Guido Vestervella Suriya muxolifatini qurol aslaha bilan ta’minlash masalasida Frantsiya va Angliyani ogohlantirib, Suriyada Isroilni nishonga olgan terrorislar borligini iddao qildi.

Germaniyada chiqadigan Welt Am Sonntag gazetasiga intervyu bergan Vestervella “Suriyada mavjud bo’lgan terroristlar, afsuski, faqatgina Shom o’lkasiga emas balki Isroilga ham tahdid solyapti”, dedi.

U so’zida davom etib, shunday dedi: “shu bois isroillik do’stlarimiz va hamkorlarimizni himoya qilish uchun ichki his tuyog’ularim meni harakatga undadi. Bu qandaydir bir qurol masalasi emas, bu zamonaviy havo himoya tizimiga bog’liq masaladir. Bu qurollar radikal islomchilar qo’liga tushib qolsa faqatgina Isroil xavfsizligiga emas, hatto butun tinch aholiga havodan tahdid tug’dirishi ehtimoli bor”

U Rossiyaning Suriyaga S-300 raketa himoya tizimini etkazib berishi haqidagi xabarlarga ishora qilib, Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovga “bunday bir ishning oqibati xavfli va zararlidir. Menimcha, ayni paytda o’zini himoya qilish uchun Suriyaga S-300 raketa himoya tiziminiga hech bir zarurati yo’q edi”, deganligini bildirdi.

Turkiston:

G’arbning bu xavotiri, AQShni Suriya muvozanatini ushlashda ehtiyod bo’lishga chaqiradi. Ular Suriya ichkarisida qirg’inbarotlar davom etish darajasidagi qurolni har ikkala tomonga ham etkazilib turilishiga qarshi emaslar. Balki nazorat qo’llaridan chiqib ketishi mumkin bo’ladigan sharoitlardan xavotirdalar. Xatto isroilning xavotiri ham, asli Yevropaning o’zini xavotiri bo’lib, isroilga ziyon etkaza oladigan qurollar va sharoitning shu darajaga etib borishi, avval YeI davlatlariga xavf tug’diradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.