To’silgan yo’l ochildi

473
0

20130605-3BC50877B5DAFF86-0-0-68057D6A-245BB1F0A7CA10E5

Kirg’izistonning Jalolobod viloyatida yuzaga kelgan norozilik aktsiyasi oqibatida bir necha kundan buyon to’sib qo’yilgan Osh-Bishkek yo’li bugun qayta ochildi. Yo’lni to’sib qo’ygan namoyishchilar yangi gubernator Meder Usenov ozodlikka chiqarilgandan so’ng yo’lni ochishdi. Shuningdek ular norozilik aktsiyasiga qatnashgan kishilarni jazoga tortilmasligini talab qilishmoqda.

Bugun boshvazir Jonto’ra Sotibaldiev Jalolobodga borib mitingchilar bilan uchrashdi.

Boshvazir norozilik aktsiyasiga qatnashib yul to’sgan kishilarni qonunni hurmat qilishga chaqirdi. Qamoqdagi deputatlarning ishi sudga oshganinni va hokimiyatni kuch bilan bosib olish jinoyat ekanligini eslatib o’tdi.

Ayni paytdaprezident Almazbek Atambaev bugun ertalab kuch ishlatar organlirining etakchilari bilan o’tkazgan majlisda yo’l to’sish va davlat idoralarini bosib olishga boshchilik qilgan va bu ishlarni uyushtirgan kishilarni javobgarlikka tortish lozimligini aytib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.