Ayollar qamoqxonasidan nido

426
0

7F30408F-2361-426B-B7C6-2702B9967E64_w320

Toshkentdagi Hamza tumani, Farg’ona yo’li ko’chasida joylashgan KIN/7- sonli ayollar turmasidan turib sizlarga murojaat qilamiz.

Dini uchun qamalgan muslimalarning nidosini eshitishlikka chaqiramiz. Biz musulmon bo’lib o’z diniga amal qilganimiz uchun inson zotiga munosib kelmaydigan tahqirlarga duchor bo’lgan ojizalarmiz. Biz emizikli go’daklari bag’ridan tortib olingan, farzandlari ko’chalarda tarbiyasiz qolib ketgan onalarmiz. Qamoqhonada ham ro’mollari boshidan tortilib olingan bechoralarmiz. O’z Yaratuvchisiga ibodat qilish ne’matidan mahrum etilgan, namoz o’qisa haqorat eshitadigan, qo’llaridan Qur’oni tortib olinadigan mahbusalarmiz. Agar zamon charxpalagi teskariga aylanib, taqdir taqozosi bilan bizni tahqirlayotgan, qiynayotganlar bilan bizning o’rnimiz almashib qolsa, bizga qilayotgan muomalalarni ularning o’ziga aslo qilmagan bo’lar edik. Bu erdagi muomalani iymonli insonlar dushman u yoqda tursin, xatto hayvonga ham ravo ko’rmaydilar.

Bu qamoqxonada sochini berkitib ro’mol o’rash ta’qiqlanadi. Kiyimlar tizzasidan baland bo’lishligi shart. Qaysi bir muslima tizzasini yopib, uzunroq ko’ylak kiysa, uning ko’ylagi yirtib tashlanadi. Xatto muslimalarning nomusiga qo’llar tekkiziladi.

Boshimizda ushbu kunlar bo’lmaganda,
mayus ko’zlar jiqqa yoshga to’lmaganda.
Bu so’zlarni satrlarga termasmidim,
duolarga ko’p e’tibor bermasmidim.

Zulm ostida qon yutmoqda iymon ahli,
xaddan oshmish o’zbeklarning Abu Jahli.
Nasoroyu, yahudlarni siylar bunda,
musulmonni hech ayovsiz qiynar bunda.

Tahajjudda turib Xaqqa nido qiling,
nafsingizni uyqusidan judo qiling.
Ado etib mahbuslardan qarzingizni,
Qodir Zotga bayon aylang arzingizni.

Dardi yo’qlar mayli yotsin, ammo sizlar,
yaqinlari hibs etilgan o’g’il qizlar.
Kechalari turib siz ham turib duo qiling,
eshitguvchi doim uyg’oq Xudo biling.

Mazlum uchun shariatda qasos bordir,
la’natlashga Qur’onda ham asos bordir.
Duo bilan tarqalsami ovozalar,
ochilgaydir osmon ichra darvozalar.

Chunki nomard andishani qo’rqoq bilar,
mo’minni emas iblisni u o’rtoq bilar.
Muslimani barmog’iga bigiz sanchib,
tirnoqlarin sug’ursalar ezib yanchib.

Din ahlini bitta bitta o’ldirsalar,
mamlakatni mozor bilan to’ldirsalar.
Kim bu ishga qayg’urmasdir, toshbag’irdir,
vijdonsizdir, yaramasdir.

Munofiqlar islom yurtin qilsa payhon,
rozi bo’lib jim turganlar soqov shayton.
Qaytarmasa yo qo’l bilan yo til bilan,
mo’minmasdir rad etmasa yo til bilan.

Duo qiling mahbuslarga sabr bersin,
zolimlarga qator qator qabr bersin.

deb mahbusa muslima singillaringiz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.