E. Usenbaev: Qirg’iziston Xalifalik sari so’ngi qadamlarini bosmoqda.

0
476

 

Oxirgi vaqtlarda Qirg’iziston huquq qo’rg’ov organlarining eng beqaror va nizoli holatlar vujudga kelishligi extimoli o’ta kuchli mamlakatda diniyi vaziyatga xavotirli baxo berish hollari kamayib borayotganligi sezilmoqda. Mabodo bergudek bo’lsalar ham, ma’lumotlar o’ta suyri ko’rinishda. Vaholangki, islom radikallari va mazhablarining jamiyatdagi ta’sirining o’sib borayotganligi bu erda davomli betoblik misoli kabi bo’lib qolgan. Katta bo’lmagan bu tog’li mamlakat diniy ekstremistlarning barcha turlari uchun “bexavotir qo’rg’onga” aylanib bormoqda.

Kuch stukturalarining sukut saqlashligi sababi oddiy – mamlakatdagi umumiy beqarorlikdan foydalanib, turli diniy-ekstremistik tashkilotlar o’z saflarini hamda ta’sir ko’lamini kengaytirishga intilmoqdalar. Holat, bu tashkilotlar hukumatning irodasiga qarshi, kuch strukturalari muassasalariga kirib borishigacha etib keldi. Bu borada «Tablig’i jamoat» g’oyalari ilg’orlardan bo’ldi.

Qirg’izistonning janubida «Tablig’i jamoat» vakillari Olabuqa, Jalolobod, O’sh, Xaydarkon, Batken va Laylak chegara bo’linmalarining zastavalarida tez-tez mehmonda bo’lib turadilar. Harbiylar bilan bo’ladigan samimiy suhbatlar mavzusi – Islom farzlarini ado etishlik albatta zarurligi va ularni o’zlari bilan birgalikda mahalliy aholini “da’vat” qilishga chaqirish.

Don xosildor erga tashlansa albatta samara beradi. O’sh oblasti ichki ishlar boshqarmasi tezkor maxsus otryadining boshlig’i Baqit To’lo’nboev (avval jinoiy qidiruv bo’limida ishlagan) hamkasblari hamda qo’l ostidagilari orasida «Tablig’i jamoat» diniy-zkstremistik oqimining g’oyalarini tarqatish bilan shug’ullanmoqda. Xizmatdan tashqari vaqtda esa O’sh shaxridagi o’z hamfikrlarining diniy amaliyotlarida faol qatnashadi.

«Tablig’chilar» ta’siri ostiga shu yil yanvar oyining oxirlarida tayinlangan Aravon rayonining prokurori Jonibek Jo’ldo’shev ham tushib qolgan. U ham o’z qo’l ostidagilari orasida da’vat ishlarini olib borishlik bilan shug’ullanadi. Bunda u ma’muriy imkoniyatni qattiq qo’llanib, ularni diniy farzlarga jiddiy rioya qilishga undaydi.

Ular izidan dadil qadam bilan O’sh chegara otryadining “Aravon” 12-zastavasi boshlig’ining harbiy tayorgarlik bo’yicha o’rinbosari kapitan Timur Kalnazarov bormoqda. U nafaqat o’zi tashviqot-targ’ibot ishlarini olib boradi, bunday imkoniyatni missionerlarga ham taqdim etadi. Uning tashabbusi bilan E. Esonov boshchiligidagi «tablig’chilar» guruhi O’sh chegara otryadining 11, 12 va 13- zastavalari oddiy askarlari orasida tashviqot ishlarini o’tkazgan.

Harbiy askarlar orasida «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotining g’oyalarini tarqatganligi uchun o’tgan yilning noyabr oyida Janubiy-g’arbiy hudud qo’mondonligining 1-alohida mexanizatsiyalashgan piyoda brigadasining gauptvaxtasi boshlig’i mayor Aqilbek Isaev Qirg’iziston Qurolliy kuchlari safidan bo’shatilgan. Ayni vaqtda uning ishini sodiq hamfikri – 36806 harbiy qisimining oziq-ovqat ombori boshlig’i katta praporshik Azamat Qarmishaqov davom etdirmoqda.

Xalqdagi “Zambaraklar yangrayotganda, ilhom parilari jim turadilar” degan hikmatli so’ziga qiyos qilib, Qirg’izistondagi vaziyatga “ilm-fan jim turgach, din mustahkamlanmoqda” degan iborani qo’llashlik o’rinlidir. Qashshoqlik, iztirob va ruhiy bo’shliq – bular jamiyatni islomiylashishligiga olib boradigan omillardir, deb xisoblaydilar tahlilchilar.

Oxirgi yillar tajribasi shuni ko’rsatadiki, nodonlarcha boshqaruv natijasida talon-taroj bo’lgan Qirg’iziston uchun diniy ekstremizm – chuqur tomir otgan siyosiy , iqtisodiy va ijtimoiy nizolarning natijasidan boshqa narsa emas. Bunaqangi oddiy bo’lmagan vaziyatda shunday vaqt kelishi mumkinki, unda diniy saqofatda pishib etilgan kuch strukturalari qurollarini o’z xo’jayinlariga qaratishlari mumkin. O’shanda, Qirg’izistonni Islom Xalifaligining bir qismi, deb e’lon qiladigan kun keladi.

Yermek Usenbaev.

SentrAziya.

Turkiston:

Yuqoridagi maqola muallifi Usenbaev musulmon emas ko’rinadi.

Lekin bu maqoladan uning qaysidir islomiy shaxslarga nisbatan qattiq shaxsiy g’arazi ichiga sig’may ketgani ham sezilib turibdi.

Dindan esa o’shalarga qarshi qurol sifatida foydalanishga xarakat qilibdi. Vaziyatni ham davlat tomonidan tablig’ jamoatiga qarshi qonun qabul qilish yoki qabul qilmaslik xaqida baxs ketayotgan bir paytda tanlabdi.

Aslida davlatdan biror bir islomiy jamo’alarga qarshi xarakat kutayotgan insonlar Qirg’iziston xalqi ichida ko’p emas. Ular yuqoridagi kabi nosog’lom muhit tarafdorlari yoki tashqi davlatlar manfaatiga xizmat qilayotgan xoin shaxslar bo’lishi mumkin.

Qirg’iz hukumatini dindorlarga qarshi qo’yishga intilayotgan tashqi davlatlarning manfa’tlarini ko’rib chiqsak. Ular ayniqsa oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda o’zlarining strotegik pozitsiyasilarini mustaxkamlashda, Qirg’izistonni o’ta qulay nuqta deb topishdi. Buning uchun ular qirg’iz hukumatini o’zlariga tobeligini toboro mustaxkamlab borishlari lozim.

Qirg’iz hukumatining dindorlarga nisbatan taziyqlarini kuchaytirishi, 2014 yildan dindorlardan foydalanishni ko’zlab turgan ba’zi bir davlatlar uchun qulayliklar yaratadi.

Qirg’iziston uchun esa, xozirda hech qanday xatar yo’q. Barcha vahimalar biror bir kufr davlatlarining manfa’ti uchun, yuqoridagi shaxslar kabi hiyonatchilar tomonidan sun’iy ko’tarilyapti.

Lekin shu sun’iy vahimalar, Davlatni xalqiga qarshi provokatsiya qilganidek, xalqni ham davlatga qarshi nafratini kuchaytiradi. Oqibatda xaqiqatdan ham islomiy tuyg’ulardan kelib chiqqan harakatlar paydo bo’lishi mumkin.

Bu ishlarga biz, Yaqin sharq davlatlari va Afg’onistonda guvoh bo’lib turibmiz.

Izohlar yo'q