Tuzum uni rosa ishlatdi so’ng daftarini yopdi

770
0

21 mart kuni doktor Ramazon Butiy o’ldirilganligi xabar qilingan edi. Portlash sodir bo’lishi bilanoq, Asad hukumati mas’uliyatni muxolif kuchlarni aybladi. Muxolifat esa “tinch aholini, jumladan, ibodatxonalarni nishonga olish o’zlarining strategiyalari emasligini” ta’kidlab, buni rad qildi.

“Hikmat nuri” veb sahifasidan olingan xabarga ko’ra, hodisa ro’y bergan masjid tasvirlangan video lavhalarni diqqat bilan kuzatgan mutaxissislarning fikricha, portlash o’ta mohirlik bilan amalga oshirilgan va uni faqatgina Xavfsizlik Xizmati xodimlarigina amal oshirishlari mumkin. Chunki:

1) Portlash amalga oshirilgan mintaqa, Davlat Xavfsizlik Xizmat tashkiloti tarafidan qattiq himoyaga olingan. U erda rasmiy Ba’s partiyasining markaziy binosi hamda Rossiya Federatsiyasi elchixonasi joylashgan.

2) Hukumatdan ayrilmasligi uchun doktor Ramazon Butiy qattiq nazoratga olingan va davlat tarafidan tanqo’riqchilar tayinlangan.

3) Masjidga kirayotganlar dedektorlar yordamida tintuvdan o’tkazilib, ichkariga olingan.

4) Portlash kichik maydonni o’z ichiga oladigan zamonaviy sezgir uskunalar yordamida amalga oshirilgan. Chunki, videolavhadagi masjid minbari, devorlari va chiroqlari portlashdan zarar ko’rmagan.

5) Odatda xudkushlik amaliyotlari amalga oshirilganida ko’proq mixchalarga e’tibor qaratiladi va o’lganlarning tanalari parchalanmaydi, ilma–teshik bo’lib ketadi va o’lganlarning emas, yaradorlarning soni ko’p bo’ladi. Lavhadagi rasmlarda esa, inson tanalarining bir necha bo’lakka bo’linib ketgani aks etgan.

6) Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimlarining hodisa ro’y bergan joyga zudlik bilan etib kelishgan va jasadlar, jasad bo’laklari kabi ashyoviy dalillarni tezkorlik bilan olib chiqib ketishgan.

7) Muxolif kuchlar kechalari harbiy amaliyotlar uchun kamdan kam chiqadilar va ularning nishonida tinch aholi yashaydigan maskanlar emas, harbiy ob’ektlar bo’ladi.

8) Doktor Ramazon Butiy oilasini xufyona yo’llar bilan Turkiyaga o’tkazib yuborgan va o’zining ham yaqin kunlarda Suriyadan qochish rejasi bo’lgan.

Xullas, amaliyot o’sha mintaqada erkin yura oladigan va imkoniyati kuchli bo’lgan muassasalar tarafidan amalga oshirilganligi ko’rinib turipti.

Ramazon Butiyga nisbatan xalq nafrati inqilob boshlangandan keyin yana ham kuchaydi. Chunki, u zolim hukumatning tarafini olib kurakka turmaydigan fatvolar chiqardi. Jumladan, xafsizlik xodimlari odamlarni Suriya prezidenti Bashar Asadning rasmiga sajda qilishga majbur qilgani, sajda qilmaganlarni esa qattiq qiynoqqa solgani haqida qanday fikrda ekanligi so’ralganda: “Basharning rasmini joynamoz deb tushun va unga sajda qilaver!”, deb javob bergan edi.

Shom qorilarining shayxi ustoz Muhammad Karim Rojihga Ramazon Butiy kim tomonidan o’ldirilganligi haqida berilgan savolga shunday javob berdi: “Barcha dalillar uni rasmiy tuzum o’ldirganiga dalolat qilmoqda… Tuzum uni rosa ishlatdi va daftarini yoqdi… Butiy – mening o’g’lim va birodarim edi… Uning o’limidan ta’sirlandim va bir din olimining bunday o’lishini xohlamayman…

Mening Islom olimlariga chaqirig’im shunday:

Bu yo’ldan yurmanglar! Uning oxiri budir! Sizlar haqiqiy olim bo’linglar va haqiqatni baralla aytinglar. Sizlar o’zingizning kim ekaningizni bilishingiz kerak. Sizlar minbar va mehroblarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’rnida turasizlar. Biz Islom dinining himoyachilarimiz! … Sizlar boshqalarning dumi bo’lmanglar! … Sizlarni nima kutayapti?! … Qamoqmi?!… Qamasinlar!! … O’lim–mi?! … O’ldirsinlar!! … Islom bugungi kunimizgacha ulamolarning jasorati bilan etib kelgan!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.