Tunisdagi to’qnashuvlarda qurbonlar bor.

294
0

images (4)

19 may, yakshanba kuni Tunisning markaziy qismidagi Qayruan shaxrida “Ansor ash-Sharia” (Shariat himoyachilari) islomiy guruhi tarafdorlari bilan politsiya o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuvlarda bir kishi qurbon bo’lgan, yarador bo’lganlari 15 kishi. Bu haqda arab ma’lumot vositalari xabar qiladi.

Aynan shu shaxarda “Ansor ash-Sharia” o’zining 40 mingga yaqin tarafdorlari ishtirok etishi kutilayotgan kongress o’tkazishni rejalashtirgan edi.

Avvalroq islomchilar tarafdorlarining xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashuvlari Tunis poytaxti chekasidagi At-Tadamun mahallasida boshlangan. Hukumat tarafidan bu tadbirni o’tkazishlikka qo’yilgan ta’qiq sababli kongress uyushtiruvchilari o’z yig’inlarini shu mahallaga ko’chirishgan edi.

Kunning ikkinchi yarmidan keyin olomon to’lqini susaya boshladi. “Ansor ash-Sharia” kongressni bir xafta keyinga, 26 mayga ko’chirganligi haqida ma’lumot tarqadi.

“Jasmin inqilobi” natijasida hukumatga kelgan “An-Naxda” mo”tadil islomchilar partiyasi bilan radikal islomiy guruhlar o’rtasidagi qarama qarshiliklar 2011 yilning yanvar oyidan buyon kuchayib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.